У нас есть только
оригинальные песни

Saudiya qirolining Frantsiyadagi ta'tili mahalliy aholining noroziligiga sabab bo'ldi

calendar 26.07.2015
1473

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon ibn Abdulaziz as-Saudning dam olishga etib kelishidan bir necha soat oldin Frantsiya jamoatchiligi bunga o'z noroziligini bildirdi. Bu haqda mahalliy OAVdan ma'lum bo'ldi. Saudiya monarxi Frantsiya janubiga shaxsiy safar bilan dam olish uchun tashrif buyuradi. Valloris nomli kurort shaharchasida u bir oy vaqtini o'tkazadi. Sayohatda uni ming kishi muntazam ravishda kuzatib boradi. Ammo bu holat mahalliy aholi vakillarining noroziliklarini keltirib chiqarmoqda. Gap shundaki, qirol hukumatdan "Mirandol” plyajini to'laligicha yopib qo'yishni so'radi, u erdan unin ko'p sonli xizmatchilari va xodimlari bemalol foydalana olishi uchun. Parijning uning iltimosini qondirdi. Politsiya plyajga kirishni to'laligicha berkitib qo'ydi. Bu borada mahalliy hokimiyat qabul qilgan dekret bir oy davomida kuchda bo'ladi. Buni shaharcha aholisi haqorat deb qabul qildi. "Hukumatimiz kim bu erda mezbon, kim mehmon ekanligini unutib qo'yishdi shekilli”, – deydi shahar ma'muriyati vakili Jan-Noel Falku. Vallorisliklarning talabnomasi allaqachon 100 ming imzo to'pladi. Shahar aholisi 30 ming kishini tashkil qiladi.
Яндекс.Метрика