У нас есть только
оригинальные песни

Saylov kuni Toshkentda jamoat transporti bepul

calendar 30.11.2016
1594

O'zbekiston Prezidenti saylovi kuni, ya`ni, 4 dekabr sanasida Toshkent metropolitenidan va boshqa turdagi jamoat transportidan foydalanish barcha yo'lovchilar uchun bepul bo'ladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bergan.«Joriy yilning 4 dekabr kuni mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida katta ahamiyat kasb etuvchi sanadir. Shu kuni davlatimiz Konstitutsiyasiga ko'ra, ovoz berish huquqiga ega bo'lgan barcha fuqarolar O'zbekiston Respublikasi prezidenti saylovlarida ishtirok etadilar, o'zlari ma`qul deb bilgan nomzod uchun ovoz beradilar.Toshkent shahrida saylovlarning yuqori tashkiliy darajada o'tkazilishi, saylovchilar hamda tadbir tashkilotchilariga yanada qulayliklar yaratish maqsadida 4 dekabr kuni Toshkent shahridagi barcha yo'nalishlar bo'yicha qatnovchi avtobuslar hamda metro qatnovi soat 05:00dan boshlanishi va kun davomida yo'lovchilarga bepul xizmat ko'rsatishini ma`lum qilamiz.Barchani o'z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanib, yurt kelajagi uchun ovoz berishga chaqiramiz!» , — deyilgan xabar matnida.Ayni vaqtda metroda va avtobuslarda yo'lovchilarga 4 dekabr kuni jamoat transportlari bepul bo'lishi haqida ma`lum qilinmoqda. «Kun.uz» tahririyati bu ma`lumotga oydinlik kiritish maqsadida «Toshshahartransxizmat» AJ xodimi bilan bog'langanida, tashkilotda bunday ma`lumot yo'qligi bildirildi.Ayni vaqtda tashkilot saytida ham bu haqda xabar berilmagan. Manba: kun.uz

Яндекс.Метрика