У нас есть только
оригинальные песни

Sayyohlar eng kam boradigan davlat nomi ma`lum qilindi

calendar 21.08.2017
3558

Jahonda sayyohlar o'rtasida eng ommabop bo'lmagan davlatga Polineziyadagi Tuvalu aylandi. U Tinch okeanida joylashgan mamlakatdir, deb yozmoqda Dail' Mail gazetasi.

Nashr Butunjahon turistik tashkiloti ma`lumotlarini taqdim etgan, ularga ko'ra, 2016 yilda Tuvalu ming nafar xorijiy mehmonni qabul qilgan. Bu yo'nalishning eng o'ziga xos jihatlari – jinoyatchilik darajasi va terrorchilik xavfining pastligi. 

Ro'yxatda ikkinchi o'rinni Tinch okeanida joylashgan (Mikroneziya va Polineziyada) yana bir davlat Kiribati Respublikasi egalladi. 2016 yilda u yerga to'rt ming sayyoh borgan.

“Kuchli” uchlikka Markaziy Afrikadagi orol davlat San-Tome va Prinsipi sakkiz ming kishilik natija bilan yakun yasab berdi. To'rtinchi o'rindan Buyuk Britaniya tarkibiga kiruvchi Montserrat (to'qqiz ming turist) joy oldi. Ro'yxatning beshinchi pog'onasidan Komor davlati o'rin egalladi (24 ming sayyoh).

Reyting o'nligida Jibuti (Afrika), San-Marino (Yevropa), Sharqiy Timor (Osiyo), Lixtenshteyn (Yevropa) va Serra-Leone (Afrika) kabi davlatlar ham bor .

Яндекс.Метрика