Sayyohlar uchun vizalarni bekor qilish 2021 yilgacha kechiktirildi

O'zbekistonga tashrif buyuruvchi 27 mamlakat sayyohlari uchun viza tartibini bekor qilish to'g'risidagi 2017 yil 1 apreldan kuchga kirishi lozim bo'lgan Prezident farmoni ijrosi 2021 yil 1 yanvarga qadar kechiktirildi. Mazkur o'zgartish Prezident Shavkat Mirziyoyevning 22 dekabrdagi qarori bilan tasdiqlandi, deb yozmoqda Norma.uz sayti.

Eslatib o'tamiz, davlat rahbarining farmoniga muvofiq, 1 apreldan 15 davlat sayyohlari va 12 mamlakatning 55 yoshdan oshgan sayyohlari uchun viza tartibini bekor qilish rejalashtirilgan edi.

Yangi hujjatda qayd etilishicha, viza tartibini bekor qilish to'g'risidagi qaror sayyohlik faoliyatini barqaror va bir maromda taraqqiy ettirish, zarur moddiy-texnik bazani shakllantirish, xorijlik sayyohlar va respublika fuqarolari hayoti xavfsizligi va salomatligini ta`minlash, shuningdek, chet el davlatlari bilan teng huquqli tashqi iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida qabul qilindi.

Qarorda keltirilishicha, viza tartibini kechiktirish to'g'risidagi taklif Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qo'mitasi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar tomonidan kiritilgan.

Shunday qilib, 2021 yil 1 yanvardan O'zbekiston mamlakatga 30 kundan ziyod bo'lmagan muddatga sayyohlik maqsadida kelgan Avstraliya, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Ispaniya, Italiya, Kanada, Lyuksemburg, Niderlandiya, Koreya Respublikasi, Singapur, Finlyandiya, Shveytsariya va Yaponiyaning barcha yoshdagi fuqarolari uchun hamda Belgiya Qirolligi, Indoneziya, XXR (sayyohlik guruhlari tarkibida), Malayziya, AQSh, Vetnam, Isroil, Polsha, Vengriya, Portugaliya va Chexiyaning 30 kundan ziyod bo'lmagan muddatda sayyohlik maqsadida O'zbekiston Respublikasiga tashrif buyuruvchi 55 yoshdan oshgan fuqarolari uchun viza tartibini bekor qiladi.


Комментарии (0) | Добавить: 09.01.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Babayan Tailand va Eronga qarshi o'yinlarga jalb etilgan futbolchilarni e`lon qildi. Yangi nomlar bor
Davlat test markazi rahbari o'zgardi
«Barselona» yangi formasini namoyish etdi
Toshkentda “Captiva” va “Prado” avtomobillaridan 7 mln so'mdan ortiq mol-mulkni o'g'irlagan shaxs ushlandi
Noutbuk xarid qilayotganda 10 ta ommaviy xato
Aholi soni bo'yicha Xitoy ortda qoldirildi
Nokia 9 rekord darajadagi operativ xotiraga ega bo‘ladi
Samsung suv tushishidan himoyalangan Galaxy Feel smartfonini namoyish qildi
1 iyundan boshlab "GM Uzbekistan" barcha avtomobillari so'mda sotilishi yo'lga qo'yiladi
Toshkentda oq qulupnay sotilmoqda
Yaxshi tayyorgarlik ko'ra olmagan Jahongir Otajonovning konsertni qanday o'tdi
Chiroyli sochlarning 5 dushmani
Tirsak va tizza terisiga yoshlikni qaytarish usullari
Forbes eng serdaromad futbolchilar kimligini ma`lum qildi
Chempionlar ligasi finali ilk bor tomi yopiq stadionda o'tkaziladi
Balotelli: "Oltin to'p"ni yutishim uchun Messi va Ronalduni o'ldirishim kerak
Shoygu o'zbekistonlik hamkasbiga G'alaba Bayrog'i nusxasini topshirdi
Organizmni tozalashga yordam beruvchi mahsulotlar nomi ma`lum qilindi
Ofis xodimlari uchun oddiy mashqlar to‘plami
Ertalabki shoshma-shosharlikni yengishning 9 ta yo‘li
Ramazon oyida to'g'ri taomlanish uchun foydali maslahatlar
TOP-7: Eng qimmatbaho mobil telefonlar
Samsung allaqachon «Star» nomli Galaxy S9 ustida ish boshlagan
Joriy yil uchun zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi
Tvorog insult va infarktning oldini olishda foydali
Internet orqali mahsulot xarid qilishda ehtiyot bo'ling
Markaziy bank boshqaruvi kimga o'tdi?
Usmonov Navalniyga qarshi: Shovqin kuchaymoqda
Ronalduga ancha ko'proq muddatga qamoq jazosi tahdid solmoqda
Sizga yoqmagan odamlar bilan qanday ishlash kerak?