У нас есть только
оригинальные песни

Sayyoramizdagi sovuqqa eng bardoshli insonlar aniqlandi

calendar 16.05.2018
1330

London universiteti olimlari Shimoliy Yevropa aholisi inson organizmini sovuq yeyishdan saqlaydigan va shimolliklar – norveglar, shvedlar, finlar va yana boshqalarga qahraton qish va sovuqlarni yengil boshdan o'tkazishga imkon beruvchi TRPM8 geni tashuvchilari hisoblanishlarini aniqlashdi.

Olimlarning fikricha, bu gen  odamlarda Yevropada iqlim ancha sovuqroqroq bo'lganda, taxminan 25 ming yil avval paydo bo'lgan. TRPM8, shuningdek, tabiiy og'riqsizlantiruvchi hisoblanadi. U jiddiy kasalliklar bilan yengilroq kurashishga imkon beradi, tanaga sovuq yegani haqida xabar qiluvchi harorat markeri hisoblanadi. 

Olimlarning ta`kidlashicha, aynan shu gen evaziga Yevopaning shimoliy hududlari aholisi sovuq vaqtlarda o'zlarini yaxshi his qiladilar va kamroq kasalga chalinadilar. Bu borada sovuqqa eng bardoshli xalq finlyandiyaliklar bo'lib chiqdi: Finlyandiya aholisining 88 foizida TRPM8 geni mavjud.

Яндекс.Метрика