У нас есть только
оригинальные песни

Selin Dionning akasi uning turmush o'rtog'i vafotidan 2 kun o'tib vafot etdi

calendar 17.01.2016
1313

$IMAGE$

Kanadalik mashhur xonanda Selin Dion erining vafotidan keyin yana bir og'ir judolikka uchradi. Uning akasi Daniel Dion 16 yanvar ertalabki payt 59 yoshida saratondan vafot etdi, deb xabar bermoqda Le Journal De Montreal nashri.

Xonandaning opasi Klodett ularning akasi atoqli musiqachi bo'lganini aytdi.

“Musiqa yaratish akamni haqiqatda baxtiyor qiluvchi narsa edi. Akamning bulbuldek ovozi bor edi”, deb eslamoqda akasini Klodett.

Daniel Dion kasalxonada oilasi, jumladan 89 yoshli onasi Tereza Dion qurshovida vafot etdi. Uning dafn marosimi yanvar oxiriga belgilandi. Marhum Dionlar oilasidagi 14 farzandning sakkizinchisi bo'lgan. Marhumning ortidan ikki qizi qoldi.

Bundan ikki kun avval, ya'ni 14 yanvarda Selin Dionning eri va prodyuseri Rene Anjelil ham Las-Vegasdagi uyida saraton bilan uzoq davom etgan kurashdan keyin vafot etgandi.

Яндекс.Метрика