Semiz kishilarning miya faoliyatida buzilishlar aniqlandi

Vashington universiteti tadqiqotchilari semiz kishilarning miyasi shirin mahsulotlardan rohatlanish hissini kuchaytirib, sog'lom kishilarnikiga nisbatan boshqacha ishlashini aniqlashdi. Bunga moddalar almashinuvidagi buzilishlar sabab bo'lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Mazkur tadqiqot natijalari Diabetes jurnalida nashr qilingan.

Odamlar yoshi o'tgan sayin shirinliklarni kamroq iste'mol qila boshlashadi. Bundan tashqari miya sohasida dofamin retseptorlari kamayadi. Bu esa yoqimli his-tuyg'ular uchun javobgar mukofotlash tizimiga katta ta'sir o'tkazadi. Biroq olimlar semizlikdan aziyat chekuvchi kishilarda vaziyat boshqacha ekanligini aniqlashdi. 

Tadqiqotchilar 20 nafar sog'lom vaznli kishilarni o'rganib chiqib, ularni tana massasi indeksi 30dan yuqori bo'lgan 24 nafar ko'ngilli bilan taqqoslashdi. Ishtirokchilar shakar kontsentratsiyasi turlicha bo'lgan ichimliklarni olishgan, shuningdek dofamin retseptorlari faolligini aniqlash uchun pozitron emissiya tomografiyasidan o'tishgan. Natijalar shuni ko'rsatdiki, sog'lom ishtrokchilarda dofamin retseptorlari soni va shirinlik iste'moli o'zaro bog'liq bo'lsa, semizlikdan aziyat chekuvchi kishilarda bunday bog'liqlik kuzatilmagan. 

Olimlar bu holatni semiz kishilarda insulinga rezistentlik bo'lishi mumkinligi hamda yosh, dofamin retseptorlari faolligi va shakarni xush ko'rish o'rtasidagi bog'liqlikka ta'sir ko'rsatishi ehtimoli bo'lgan boshqa metabolik o'zgarishlar bilan izohlashdi. Tadqiqotda qatnashgan ortiqcha vaznli ishtirokchilar orasida diabetga chalinganlar bo'lmagan bo'lsa-da, ularning ba'zilarining qonida glyukoza va insulin yuqori kontsentratsiyada ekanligi aniqlangan. Tadqiqotchilarning taxminiga ko'ra, bu omillar miyadagi mukofotlash tizimga qandaydir ta'sir ko'rsatishi mumkin.


Комментарии (0) | Добавить: 16.06.2016
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Samsung, Apple va Huawei: kim o‘z smartfonlariga eng ko‘p ustama narx qo‘yadi?
Odam boshini ko‘chirib o‘tkazgan jarrohni yolg‘on gapirganlikda ayblashdi
Och qoringa qahva ichishning zararlari aniqlandi
«O'zbekenergo» AJ qish mavsumida aholiga energiya yetkazib berishni qanday rejalashtirmoqda?
Anhor bo‘yi va Chilonzorda daraxtlar yoppasiga kesib tashlanmoqda
Xitoyda “mo'`jizaviy qurol” namoyish qilindi
Shavkat Mirziyoyev Koreyada kutib olindi
O'zbekistonda mudofaaga oid yangi davlat qo'mitasi tashkil etildi
Toshkentda dam olish kunlari qor yog'ishi mumkin
Rossiya aholisi kamaymoqda: hamma umid muhojirlardan
Eng ko'p haq oluvchi ayol qo'shiqchi ma`lum qilindi
Putin Asad bilan uchrashdi
Toshkentdan chiqish yo'llari to'silgan: Xavfli shaxs qidirilmoqda
Suhbat. Filippindagi o'zbekistonlik menejyerning muvaffaqiyat siri
Muvaffaqiyatli rahbarlar ish kunini qanday o'tkazishadi?
Jyeyms Bond rolini yangi filmda kim ijro etishi ma`lum bo'ldi
Xalqaro Jinoyat Sudi Amerika razvedkasining Afg'onistondagi qora qilmishlarini fosh etadi
1 dekabrdan ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdori oshadi
Facebook YouTube’ni «sindirmoqchi»
Paxtaga chiqmagani uchun ishdan haydalgan xodimlar ishga tiklandi
Rossiya O'zbekistonga neft yetkazib berishni boshladi
AQSh olimlari idish yuvish umrni uzaytirishini isbotlashdi?
Umrni uzaytirishning oddiy usuli aniqlandi
Qon guruhi havoning ifloslanishi tufayli infarkt kelib chiqish xavfiga ta’sir ko‘rsatadi
Elektr ta’minoti korxonasi vakilini onlayn ariza yordamida chaqirish imkoniyati yaratildi
«Real» Zidanga o'rinbosar qidirishni boshladi
Atamboyev endi nima qilishini aytdi
Qirolicha Yelizaveta II va shahzoda Filipp platina to'yini nishonlamoqda
Markaziy Osiyodagi eng qadimiy yozuv Qoraqalpog'istondan topilgan
Ravshan Ermatov JCh-2018 ishlashi mumkin bo'lgan hakamlar ro'yxatiga kiritildi