У нас есть только
оригинальные песни

Senator Pakyao jahon chempionligi uchun ringga chiqadi

calendar 05.11.2016
1359

Bugun, 5 noyabrda sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni filippinlik Menni Pakyao Butunjahon boks tashkiloti (WBO)ning 66,68 kg vazn toifasidagi chempioni amerikalik Jyessi Vargas bilan kuch sinashadi. 12 raundlik jang AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida bo'lib o'tadi.

37 yoshli Pakyao amerikalik Floyd Meyuezerga mag'lub bo'lganidan 1,5 yil o'tib, yana chempionlik unvoniga sazovor bo'lishi mumkin. 2015 yil mayida o'tkazilgan boks tomoshasi "asr jangi", deb atalgan edi. Shundan so'ng, Pakyao shu yilning aprel oyida Timoti Bredli bilan ringga chiqdi va uni ochkolar hisobida mag'lub etdi. Bu jangdan keyin Menni Filippin Senatiga saylangani munosabati bilan professional boksni tark etishi haqida e`lon qildi. Biroq, tezda fikrini o'zgartirib, avgust oyida Vargas bilan jang xususida shartnoma imzoladi. 

Aytish joizki, Pakyao ushbu kuch sinashuvida imkoniyatni boy bergan taqdirda ham, boks bo'yicha jahon chempionligi uchun kurashgan ilk senator nomi bilan jahon tarixida qoladi. Uning aytishicha, agar Vargasni mag'lubiyatga uchratsa, bokschilik faoliyatini davom ettirishi mumkin. 

Musobaqada filippinlik senator-bokschi favorit hisoblanmoqda. Amerikalik Vargas esa, birinchi marta ushbu tasnifda unvonini himoya qiladi. 

27 yoshli Vargas o'z faoliyati davomida bir necha og'ir janglarni o'tkazgan. Shu boisdan Pakyao bilan jangda kutilmagan natijalarga erishmagan taqdirda ham, shunchaki uriladigan qop ham bo'lmasligi aniq. Ammo, Vargas umumiy texnik jihatdan va ustomonligi borasida Pakyaodan zaifroq hisoblanadi. Amerikalik bokschi unchalik kuchli zarbaga ega emas, filippinlik bokschi esa, so'nggi olti yildagi janglarida nokaut qila olmayapti. Shunga ko'ra, jang 12 raund davom etishi ehtimol. 

Pakyao 58 marta g'alaba qozongan (38 tasi nokaut), 6ta mag'lubiyat va 2ta durang natija sohibi bo'lsa, Vargas hisobida 27 ta g'alaba (10 ta nokaut) va bitta mag'lubiyat bor.

Яндекс.Метрика