У нас есть только
оригинальные песни

SENDAN KECHIB QO'YIBMAN

calendar 23.08.2011
1724
Sevgilim ortiq seni o'ylamay qo'ydim,
Sog'inchlar, azoblar baridan to'ydim,
Sendan kechib baxtning iforin tuydim,
Kechir sevgim sendan kechib qo'yibman.

Kechagina seni o'ylab bedor o'tuvdi tunim,
Bugun esa aslo yo'qsan hayolda,
Xullas sevgilim seni sevmay qo'yibman,
O'zim bilmagan holda kechib qo'yibman.

Rost sevgilim sendan butkul voz kechdim,
Umidvor edim, endi umidim uzdim,
Sensiz ham kelajagim rejasin tuzsim,
O'zganing bag'riga ketib qolyapman.

Sabrni quduq derdi, haqiqat ekan,
Kun kelib o'sha quduq ham to'larkan,
Afsus o'zgadir endi sening bekang,
Men endi o'zgani sevib qolyapman.

To'g'rida, kimga kerak - JAVOBSIZ SEVGI?
Bazida hammaga bo'larman kulgI,
Bilganlar:SEN SEVARSAN, YORING BEFARQ deydi,
Befarqgina yorimdan kechib qo'yibman...

Befarq bo'lsangda hadya etding: SOG'INCH VA ARMAN,
G'am cheksam dardimga bo'lmading darmon,
Bir so'z aytay emasdur yolg'on,
Senga bo'lgan tuyg'ulardan kechib qo'yibman.

Ko'z o'ngimda o'zganing qo'lin so'rovding,
O'shanda ham faqat o'zingni o'ylovding,
Endi men ham o'zimni o'yladimmikin,
Javobsiz sevgimdan kechib qo'yibman.

Men seni har doim pinhon kuzatdim,
Yurakni gulga o'rab, senga uzatdim,
O'sha xatolarni bugun tuzatib,
Endi seni pinhon kuzatmay qo'ydim.

Ex, qanchalar sevgandim seni,
Sen esa sevgimni sezmading nechun?
Bilmadim qaysi ayblaring uchun,
Sevgilim sendan kechib qo'yibman.

Seni sevib - g'am bilan bo'ldim sirdosh,
Sendan kechib, quvonchlarga bo'ldim dildosh.
Bilmam qanday berarman bardosh,
Sevgilim sendan kechib qo'yibman.

Ortiq seni o'ylagim kelmas,
Sen haqingda o'zgalarga so'ylagim kelmas.
Buni men va Ollohdan boshqasi bilmas,
Sevgilim sendan kechib qo'yibman.

Bugundan boshlab sen bilan qiziqmayman,
Senga atab endi she'rlar bitmayman,
Avvalgidek yo'llaring zor kutmayman,
SENDAN KETDIM ENDI SENGA QAYTMAYMAN...


Sirli_qiz
Яндекс.Метрика