Sening yuzing – sening paroling: iPhone X uchun FaceID reklamasi taqdim qilindi


Barmoqlar izlari endilikda o'tgan asr. Endi inson yuzi axborotga kirish uchun vosita hisoblanadi. Apple o'zining YouTube-kanalida iPhone X uchun FaceID funksiyasining yangi reklamasini taqdim qildi. 
      
Foydalanuvchilar reklama juda qiziqarli va o'ziga jalb qiluvchi chiqqanini, hattoki ba`zilar uni bir necha marta takror ko'rishganini ta`kidlashgan. Ularning ma`lum qilishicha, bu reklama boshqalariga o'xshamaydi: unda maxsus effektlar va ekshen sahnalar yo'q, biroq bu uni boshqa reklamalardan yomonroq qilmaydi.  

Rolik syujyeti esa quyidagicha: bir erkak sahnada ko'plab tomoshabinlar oldida boshlovchining savollariga javob berishga urinadi. Shunda boshlovchi navbatdagi savolida undan “Siz ertalab mobil bankingizga yangi parol qo'ygansiz. Parol qanday?” deb so'raydi.

Shunda erkak parolni eslashga harakat qiladi, uni hayajon tutadi, biroq buning uddasidan chiqa olmaydi. Tomoshabinlar esa bundan hayratdalar.

Keling, intrigani saqlab qolib, rolikning qanday tugashini o'zingiz ko'ring.

ПРОФИЛЬ
Логин:
Пароль:
Свяжитесь с нами: info@yoshlar.com
2010-2019 © Yoshlar.com - Молодежный портал!