У нас есть только
оригинальные песни

Sergeli mashina bozori Toshkent viloyatiga ko'chiriladi

calendar 24.03.2018
1156

Toshkentdagi Sergeli avtomobil bozori Toshkent viloyatiga ko'chirilishi haqida tarqalgan xabarlar tasdiqlandi.

Toshkent shahar hokimiyatidagi manbaning  ma`lum qilishicha, ayni damda Toshkent viloyatida bo'lajak avtomobil bozori uchun uchta joy ko'rib chiqilmoqda.

«Ulardan bittasi Chinozda, boshqasi Yuqori Chirchiqda. Shuningdek, boshqa hududlar ham bor. Ayni damda ularning aholiga, tadbirkorlarga qulaylik darajasi baholanmoqda. Ob`yekt bevosita Toshkent halqa yo'liga yaqin bo'lishi kerak. Bozor ko'chirilishi rejalashtirilgan, lekin aniq muddat hali ma`lum emas», dedi manba.

Ma`lumki, prezident tashabbusi bilan Sergeli tumanida keng ko'lamli loyihalar amalga oshirilmoqda. Tuman hududidagi avtomobil bozori esa tirbandliklarga sabab bo'lib, fuqarolarga qator noqulayliklarni keltirib chiqarayotgani tufayli ko'chirilishi bo'yicha qaror qabul qilingan.

Яндекс.Метрика