У нас есть только
оригинальные песни

Sergelidagi avtosalonda 2-pozitsiya Lacetti’ni besh kunda sotib olish mumkin bo'ldi

calendar 04.02.2015
8159

Toshkentning Sergeli tumanida joylashgan Driver’s Village avtosalonida 2-pozitsiyadagi Lacetti avtomobilini besh kunda sotib olish mumkin bo'ldi. Driver’s Village kompaniyasidan ma'lum qilishlaricha, narxi 18,1 ming dollardan ortiq bo'lgan ushbu Lacetti’larning GAZ, GAN, GCW, GNJ rangdagilar sotuvda bor (mashina puli Markaziy banki kursi bo'yicha dollarda, xalqaro to'lov kartasi orqali to'lanadi). Bundan tashqari, GM Uzbekistan’ning rasmiy dileri hisoblangan Driver’s Village’da Orlando (1-3-pozitsiya), Malibu (1-3-pozitsiya), Captiva, Cobalt (1-4-pozitsiya), Nexia (4-pozitsiya), Spark (2-pozitsiya), Lacetti (1-3-pozitsiya) uchun ham shartnomalar olish mumkin. Ayni vaqtda, GM Uzbekistan’ning ishonch telefoni orqali olingan ma'lumotga ko'ra, hozirgi vaqtda avtosalonlarda Malibu, Cobalt va Lacetti avtomobillari uchun shartnoma olish mumkin. Qayd etishlaricha, avtosalonlarning o'zida bundan boshqa takliflar ham berilishi mumkin.
Яндекс.Метрика