У нас есть только
оригинальные песни

Sergey Lazerev ovozidan ayrilmoqda

calendar 07.08.2015
2612

Mana bir necha oydirki, Sergey Lazerevda ovozi bilan muammolar paydo bo‘lgani haqida xabar tarqalgan. Unga ko‘ra xonanda jonli kuylashi uchun maxsus dori vositalaridan foydalanishga majbur bo‘lmoqda. VFL.RU - ваш фотохостинг Lazerev ham ishtirok etgan katta gala konsertda paparatsi xonandaning qo‘lida qandaydir balloncha ushlab turganini payqagan. Sahnaga chiqishi e’lon qilinishi bilan Lazerev ballonchadan tomog‘iga nimadir sepgan. 

«Seryojaning konsertlari juda ko‘p. U har doim jonli kuylaydi va albatta uning ovozi bundan zarar ko‘radi. Bu dori uning ovozini yaxshilashda yordam beradi», — deya ma’lumot bergan, xonanda jamoasidagi manba. 

Eslatib o‘tamiz, xonandalar orasida ovoz bilan muammoga uchragan faqatgina Sergey Lazerev emas. «TATU» guruhining sobiq yakkaxoni Yuliya Volkova ham bir necha yillardan beri ovoz muammosi bilan qiynalib kelmoqda. Xonanda yaqinda Koreyada ovoz bilan bog‘liq uchinchi operatsiyasini qildirdi. Biroq, uning ovozi avvalgidek, xirrilab qolmoqda va gapirishga qiynaladi.
Яндекс.Метрика