У нас есть только
оригинальные песни

Seul hamda Pxenyan tinchlik va birlashish tomon harakatni boshlashi mumkin

calendar 01.09.2015
967

Koreya Respublikasi va KXDR o'tgan hafta Pxanmunjomda bo'lib o'tgan keskinlikni yumshatishga bag'ishlangan kelishuv shartlariga rioya qilgan holda tinchlik va birlashish tomon harakatni boshlashi mumkin. Bu haqda seshanba, 1 sentyabr kuni Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xe ma'lum qildi.

"Agarda qiyinchilik bilan erishilgan kelishuv muvaffaqiyatli amalga oshsa, tomonlar hamkorlik, tinchlik va birlashish sari olg'a qadam tashlashni boshlashi mumkin”, – dedi prezident vazirlar mahkamasi yig'ilishida. Koreya Respublikasi etakchisi ikki mamlakat 1950-1953 yillardagi urush vaqtida ajralib ketgan oilalar qarindoshlari uchrashuvining muvaffaqiyatli tarzda tashkil etilishiga umid bildirdi. Uchrashuvni tashkil etish borasida muzokaralar 7 sentyabr kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan. Uning o'zi esa 27 sentyabr — koreys xalqi hosil bayrami va ajdodlarni yod olish Chusok marosimini o'tkazadigan sanada tashkil etilishi belgilangan

Яндекс.Метрика