У нас есть только
оригинальные песни

Seul Shimoliy Koreyaga qarshi targ‘ibot eshittirishlarini davom ettiradi

calendar 13.01.2016
938

Yaqin kunlarda Shimoliy Koreya yadroviy qurolni sinovdan o‘tkazganligi sababli, Seul qurolsizlantirilgan hududda KXDRga qarshi targ‘ibot eshittirishlarini davom ettiradi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Pak Kin Xening matbuot anjumanida qilgan bayonotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar qilmoqda.

“Bundan buyon, hukumat fuqarolarimizni ishonchli himoya qilgan holda, Shimoliy Koreya aholisiga haqiqatni yetkazish yo‘lidagi sa’y-harakatlarini davom etadi”, ― dedi prezident.

Uning ta’kidlashicha, “totalitar tuzumga qarshi eng qudratli kuch bu ― haqiqatdir”.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya hukumati 8-yanvardan KXDR bilan chegarada o‘rnatilgan ovoz kuchaytirgichlar tarmog‘i orqali targ‘ibot eshittirishlarini qaytadanboshladi. Eshittirishlar chegaradan 24 km ichkarigacha eshitiladi. Bunga javoban Shimoliy Koreya ham Janubiy Koreya bilan chegarada ovoz kuchaytirgichlar orqali eshittirishlarni yo‘lga qo‘ydi.

Яндекс.Метрика