У нас есть только
оригинальные песни

Seulda Gangnam Style raqsiga haykal o‘rnatiladi

calendar 08.11.2015
1790

Seulda Janubiy koreyalik PSY ijro etgan shu nomli klipdagi Gangnam Style raqsiga haykal o‘rnatiladi. Mazkur yodgorlikda raqsning barchaga tanish elementi — bir-birining ustiga qo‘yilgan qo‘llar aks ettiriladi.

Poytaxt rasmiylari yodgorlik sayyohlar qiziqishiga sabab bo‘lishiga ishonmoqda. U PSY qo‘shig‘i orqali mashhur bo‘lgan Kannamguda (mazkur hududning inglizcha nomi — Gangnam), COEX ko‘rgazma va savdo markazi oldida o‘rnatiladi.

Gangnam Style 2012-yilda butun dunyoda ommalashdi. Ushbu qo‘shiqqa ishlangan video ko‘rilishi bo‘yicha hozirgacha YouTube’da birinchilikni boy bermay kelyapti (2,4 milliardan ziyod). Gangnam Style muallifi — PSY  taxallusi bilan ijod qiladigan 37 yoshli Janubiy koreyalik xonanda, reper va prodyuser Pak Che San 2001-yildan beri albomlarini taqdim etib keladi. 
Яндекс.Метрика