У нас есть только
оригинальные песни

Sevaveraman...

calendar 12.05.2012
7368


Tonglar essa mayin bir sabo,
Sog'inchim sen tomon uchgan bo'ladi,
Qulog'ingga chalinsa mayin bir navo,
Bil, bir majnuna "Sizni sevaman" deya aytgan bo'ladi.

Shunchaki sevaman, ishqingda emasman ado,
Ranjimasman, sendan menga kelmasa sado,
Bu yolg'on dunyoda bo'lib qolsam ham gado,
Men seni olov bo'lib sevaveraman,
Faqat sen uchun men yashayveraman.

Ko'zlarimni yumaman, yuzingni qumsab,
Yig'lamasman, g'am chekmasman visolni istab,
Shunchaki yuraman atrofdan seni izlab,
Men seni olov bo'lib sevaveraman,
Bir senga atab she'rlar bitaveraman.

Dushmanlar ortingdan qilsada ig'vo,
Jonginam men bunga qilmasman parvo,
Senga yomonlikni ko'rmasamda ravo,
Dushmaningga qo'shilib, g'iybating qilaveraman,
Seni yomonlab, yomonlab sevaveraman.

Gar do'sting do'stligin unutib qo'ysa,
Sevganingning xiyonati pichoqsiz so'ysa,
Seni unutib u o'zgasin suysa,
Unutma Sirli_qiz senga she'rlar bitaveradi,
O't bo'lib, olov bo'lib sevaveradi.

Mendan o'zgasin sevsang ham qilmaydi alam,
Sen uchun tebranaveradi bu qalam,
Seni qatlariga berkitib qo'ygan dil ham
Sen sevmasangda u seni sevaveradi,
Gard qo'ndirmay bag'rida asrayveradi.

Sening o'tkinchi husning uchun sevmadim,
Yoki savlatli bo'lgan bo'ying uchun sevmadim,
Armon bo'lgansan, yig'lamadim, kuymadim,
Yuzingga ajinlar tushsa ham sevaveraman,
Kiprigimla seni jonim asrayveraman.

Seni sevaman, meni sevmaganing uchun,
Hatto ismimni ham bilmaganing uchun,
Netay, kecholmayman, meni ham tushun,
Meni tanimasangda seni sevaveraman,
Senga atab she'rlar bitaveraman.
Яндекс.Метрика