У нас есть только
оригинальные песни

Sevdim desa ishonmang qizlar!

calendar 11.11.2011
4089


Shoxrux bilan odnoklassnikida tanishganman.Salom alikdan so'ng qiziqishilarimiz xaqida gaplashdik u sa'natga qiziqarkan,ashula aytarkan.Men ham shu soxaga qiziqishinmi aytdim.Musiqaga oid atamalarni aytsam unchali tushunmadi hali endi boshladim musiqani o'rganyapman dedi.Keyin meni tel raqamimni manga maslaxat berib turasiz deb so'radi.Men ham hop deb berdim raqamimni.O'shanda vaqti kelib raqamimni berganimdan shunaqangi qattiq afsuslanishimmi bilmagan ekanman. 
 Deyarli har kuni sms yozishardik teldan gaplashardik,maga har kuni va'da berardi hayotizni har bir onini quvonchga baxtga to'ldiraman,xech qachon tashlab ketmiyman deb va'da berardi.Bu orada onam bilan gaplashdi.Onda sonda onamga telefon qilib gaplashib turardi.Men juda baxtli edim.Menga aytgan shirin so'zlari,jinnivoy deb erkalashlari juda yoqardi.Kelajakda baxtli oila bo'lishni orzu qilardik.Birbirimizni oyisi,dadasi deb chaqirardik.Bir kuni menga "men uchun xamma narsaga tayyormisiz"degan sms keldi.Men yuragimda g'ashlik bilan ha tayyorman tinchlimi dedim.Keyin u menga og'ir axvolda qolganligini va unga pul yuborishimni so'radi.Keyin u meni ko'rgani kelishini aytdi.Men esa chorasiz axvolda qoldim.Negadur unga pul yuborgim kelmadi.Pul yubormaganimdan keyin munosabatlari soviy boshladi.Men esa pul uchun man bilan  gaplashayotgan ekansanda endi pul bermaganimga man bilan orani ochiq qilmoqchisiz,o'g'il bola pul uchun qiz bolani yonida past ketmasligini aytdim.Keyin u yo'q man sinadim sizni unaqa man pulga o'ch bolamasman dedi.Birin ketin uni yolg'onlari oshkor bo'la boshladi.Xatto menga asl ismini aytmagan ekan asl ismi esa Maqsud ekan.Bora bora har kun ojidaniyaga tushadigan bo'ldim.O'rtog'larim deb bahonala qildi.Keyin sekin sekin ko'nglim soviy boshladi yuragimga unga nisbatan nafrat uyg'ondi.Ohirgi marta boplab xaqorat qildim uni undan nafratlanishimni va boy qiz topib ichkuyov bo'lishini keyin va'dalarida turolmasa va'da bermasligini aytdim.Hozir undan nafratlanaman,lekin uni eslasam yuragim g'alati bo'lib ketadi.Har zamonda sog'inaman uni.Xatto bir marta ham ko'rishmay ajraldik.Abatta men xursandman vaqtida uni qanaqa insonligini bildim.Lekin ayrim qizlarimiz sevgiga arzimidigan yigitla uchun,har narsalar qilishadi xatto o'zini o'ldirganlariniyam ko'rganman.Bu esa juda achinarli xol.Qizla hammayla bo'ajak onasila onalar esa naqadar muqaddas,demak qizla ham shunaqa aziz shuni uchun bu aziz boshlaringni bir tiynga arzimiydigan ayrim past bollaga xor qildirmeng.Qulogiz bilan ularni shirin gaplariga ishonib sevmang.Yuragiz bilan seving,shunaqa bolani sevinki u sizni sevgizga arzisin. Bu voqea man taniydigan bir qizbi xayotida bo'lgan.
U bu voqeani yoritishinmi va bu boshqa qizlarga o'rnak bo'lsin degan maqsadda mandan iltimos qildi.
Lauren_Ewans
Яндекс.Метрика