У нас есть только
оригинальные песни

SEVGISIGA VAFOSIZLAR!

calendar 15.11.2012
14150



           Assalomu alekum xurmatli saytdoshlarimiz!Yuqoridagi berilgan mavzuni ko'rib juda qiziqayotkandursizlar. Hayotimizda ko'plab sevishganlar bir biriga vafoli bo'lolmayapti . Aynan shu  xaqida men hikoyacha yozishga qaror qildim…Zero buni o'qib hulosa chiqarsangiz! Endi marhamat hikoyani o'qib fikr chiqaring....

 

    Hammasi ertaklardagi kabi juda yahshi edi. Ikki sevishgan: sevish,sevilish degan his tuyg'uni totib ko'rishgandi.Bir birlarisiz hech turisholmasdi. Kecha-yu kunduz birga bo'lishga intilishardi. Oy nurlari ostida maroqli suhbat qurishardi.Bir birlarini yeru ko'kka ishonishmasdi, orzulari misli ummondek cheksiz edi. Har kuni tunda chinor ostiga kelishib, yangi chiqqan oyga qarab niyat qilishardi. Go'yoki bu dunyoda ulardan baxtli inson yo'q edi. Bir birlarini ortiqcha gap so'zsiz, urush janjalsiz tushunishardi.

 Uxlamasdan tongacha gaplashishardi.Tong otgach yana eski odat ila bir birlarini ko'rish ilinjida o'sha bekatga oshiqishardi. Bola har doim birinchi bekatga kelar, qiz ham yigit tomon asta jilmayib, yangi kuniga quvonch hadya qilish niyatida kelardi. Yana eski odatiy kun ila sayohat qilishib kechgacha aylanishardi. To'ylari borasida Shirin suhbat qurishardi,ba'zida hazil qilib urushib tortishishardi. Hayollarida bo'lajak jajjigina farzandlari bilan birga bo'lishlarini juda ham ko'p o'ylashardi. 2 sevishgan bahtli oyila bo'lishga juda ham ishonishardi. Bu sevgilariga hamma havas ko'zi bilan boqishardi. Oradan ancha kunlar kunlar ketidan oylar o'tdi. Nima bo'ldiyu ularni sevgilariga ko'z tegdi. Bolami yoki qizmi juda o'zgarib qoldi. 1 kunda emas bir haftada uchrashadigan bo'lishdi. Avvalgidek orzular haqida suhbat  qurushmay qo'yishdi. Qiz borgan sari o'zini yigitdan olib qochadigan bo'lib qoldi. Bola esa juda hayron bo'lib qolgandi. Ular uyiga ketishdi. Qiz endi umuman uchrashuvga kelmay qo'ydi. Bola esa qizga qo'ngiroq qilar, qizni telefoni esa o'chiq edi. Bolani har hil mingta o'ylar fikrlar qiynay boshladi. Iloji yo'q qizni honadoniga bordi. Ne ko'z bilan ko'rsinki Qiz oyilasi bilan u honadondan ko'chib ketgan edi. Qo'shnilaridan surishtirdi. Lek aniq javob ololmadi. Bola juda tushkun vaziyatga tushib qoldi. Uyiga qaytib kelib ozgina dam olishga tushdi. Ertasi kuni bola ertalab o'rnidan turdida ming umidlar ila yana o'sha bekatga oshiqdi. 30 minutlar chamasi bola bekatga yetib bordi. Oradan sal vaqt o'tib va nihoyat qiz ham yetib keldi. Lekin qiz yolg'iz emasdi uni yonida  bo'y basti kelishgan bola ham bor edi, bola

 qizni nozikgina qo'llaridan ushlab turardi! U ham maylikuya o'sha qizni oldida turgan bola qizdan bo'sa ola boshladi! Qiz esa bolaga beparvo emasdi! Buni ko'rib bola juda qattiq shok holatga tushdi. To'g'risi qizdan buni kutmagandi-da!!! Bola turgan joyida qotib qotib qoldi.  Biroz vaqtdan keyin o'ziga kelib

 qizni astalik bilan uyigacha kuzatib bordi. Qiz bir mahallaga kirdi. Qizni mashuqasi kuzatib qo'ydi. Va qizni uyini narirog'ida qoldirdi. Ma'shuqasi ketdi. So'ng haligi bola qizni ortidan borib nimaga unday qilganini bilmoqchi bo'ldi! Qizni oldiga kelib so'radi va lekin qiz: - Men siz bilan shunchaki bir havasga yurgan edim. Sizni umuman sevmaganman. Hamma va'dalarim yolg'on. Endi meni tinch qo'ying!

 - Nimalar deyapsan ahir! Nega meni aldading?? Nega o'shanda menga ochig'roq qilib aytmading !

 -Endi u narsalarga kelsam men sizni boyligizga, shon shuhratizga uchganman. Sizi sevgizga uchmaganman. Bo'ldi bas endi meni hayotimdan keting! Meni unuting! Qiz shu so'zlarni aytdiyu bolani

 turtib uyiga kirib ketdi. Bolaga bu gaplar juda qattiq og'ir botdi. Ko'zidan yosh to'htamasdi. Bola kechga yaqin ichib uyiga mast ahvolda kirib keldi. Uyiga kirishi bilan onasi bolasini mast ahvolda ko'rishi bilan o'zini yo'qotib qo'ydi, sababi hech qachon bola uyga mast holatda kelmagandi. Boladan so'ray boshladi nega bunday ahvolda ekanini tushuntirishini! Lekin bola onani gapiga beparvo holda uyiga kirib ketdi. Bola tunning qoq yarmigacha yig'lab uhlab qoldi. Tong yorishdi soat 7:00. Bola o'rnidan turib o'zini

 o'zi koyiy boshladi: "Qachongacha shunday yuraman?? Bu ahvolimdan nima naf?? O'zimi qiynaganim qolyapti halos. O'zimni o'zim o'ylamasam boshqa kim o'ylidi?? Ahir aytishadiku oyning 15 qorong'u 15 yorug' deb. Umidsizlanmasligim kerak!" U shu tariqa nonushtani qilib ishga bordi.  O'zini eplay oldi. Oradan ancha vaqt otdi , oy o'tdi bola ancha yahshi edi. Bir kun ish honasiga  bir qiz keldi. Ne ko'z bilan ko'rsinki, bir go'zal pari kirib keldi. Ravshanning oldiga ya'ni o'sha bolani yoniga  ishga joylashish kerakligini aytdi. Ravshan esa qizni ko'rib yoqtirib qolgandi. Ravshan orzu qilgan narsa bugun uning huzuriga eshik qoqib kirib kelgandi. U bilardi bir kun kelib o'z malikasini uchratishini! U orzu qilgan qiz ro'parasida  turardi. Bola u qini taklifini rad etgisi kelmadi. Qizni ishga oldi, uning ismi Zahro edi. Zahroning ishi ham asta sekinlik bilan ko'rinib borardi. Nihoyat, Zahro o'zini ishda namuna sifatida ko'rsata  oldi. Oradan ancha kunlar,kunlar ketidan oylar o'tib borardi. Ravshan qizga nisbatan iliq munosabatda bo'la boshladi. Zahroga tobora

 bog'lanib qolgandi, hayolida uning farishtadek kulishlari, so'zlashlari barq urib turardi. Zahro ham unga be'farq emasdi. Bir kuni Ravshan  Zahroga do'st bo'lishni taklif qildi, uni taklifi besamara ketmadi, uni qabul qila qoldi. Kuz fasli ham kirib keldi. Har gal kuz fasli kelganda Ravshanning ko'ngli tirnaladi, sababi u birinchi sevgisi bilan kuz faslida tanishgan edi. Uning yuragining tub-tubida bir alanga uchqun singari yonib turardi. Bu uchqun esa hech so'nmasdi, qancha  harakat qildi, uni o'chira olmasdi. Vanihoyat Zahro uning yuragini egallay oldi. Kundan kunga Ravshan qizga bog'lanib borardi, do'stligi sevgiga aylandi. Kuz faslining qoq yarmida Ravshan o'z baxtini topa oldi. Yuragidagi o'sha armon uchquni o'chdi. Ravshan  bilardiki , bir kun kelib yorug'likka chiqishini! U shunaqangi ishga mukkasidan ketgandi, uyiga ham har doimgidek vaqtdan kech kelardi. Bundan oyiladagilari ham hayron bo'la boshladi, sababi u hech bunday ishga berilmagandida, aslida u ishga emas Zahroni ko'rishga oshiqardi. Kunlar shu tobora hursandchilikda o'ta boshladi. Zahro ham bolaga yani Ravshanga ko'ngilini tutqazdi, uni sevib qoldi. Ikki sevishgan bahli yashashga urinardi. Ravshan endi umuman ortga qarashni, o'tmishini eslashni hohlamasdi. Shuning uchun u olg'a qadam bosardi.  28-Oktyabr. Ravshan bilan Zahro istirohat bog'ida uchrashadigan bo'lishdi. Bu uchrashuv bolani hayotini balkim o'zgartirib yuborar. Har doimgidek bola uchrashuvga aytilgan vaqtdan biroz oldin yetib keldi. Chamasi 5-10  daqiqadan keyin Zahro ham yetib keldi. Biroz dildan suhbat qurgandan so'ng bog'ni aylanishga tushishdi. Bu uchrashuv bola bilan qizni yanada birlashtira olgandi. Bog'ni ichida sayr qilib yurishganda afsuski Ravshanning o'tmishdagi sevgilisi uchrab qoldi. U bola bilan Zahroni ko'rdiyu ich ichidan alam qildi, qilgan   ishidan afsuslandi, lekin bunday o'kinishlar Ravshanni ortga qaytarolmaydi. Zahro bilan bolaning uchrashuv vaqti o'z  nihoyasiga yetdi. Ravshan Zahroni uyiga olib borib qo'ydi.Va bola ham uyiga keldi, lekin uyiga kelganda uni o'tmishdagi sevgilisi to'xtatishga tushdi: -Ravshan aka gaplashib olsak bo'ladimi?!? -Iye , siz kimsiz yahshi qiz? Meni  kimlargadur adashtiryabsiz shekilli!  -Ravshan aka iltimos tushuntirishimga imkon bering! - Ravshan aka? Qanaqa Ravshan aka!     Meni o'sha kuni pichoqsiz so'ygansan, tiriklayin go'rga tiqding. Yana nimani tushuntirib berasan??

-Meni eshiting iltimos, o'sha kuni qizishib ketgandim, U Bola meni tashlab ketgandan keyin sizni qadringizni bildim. Meni sizdan boshqa hech kim sevmagan ekan. Iltimos meni  kechiring menga imkon bering!

- Nimalar deb aljirayapsan?!? Men seni sevardim, lekin hozir

 seni unutganman. Nima men shunchalik ahmoqmanmi? Meni bu gaplarga ishonadi deb o'ylaganmiding. Chuchvarani hom sanabsan Sen men uchun o'lgansan. Endi seni yo'ling ochiq! Meni unutgin. Hayr.!U shu gapni ayttiyu uyiga kirib ketdi. Bola yana ishga yo'l oldi. Soat 8:20. Ish honaga yetib keldi.Kayfiyati erta tongdan juda yahshi edi. -Assalomu alekum Ravshan aka! Hayrli tong!Yahshimisiz? Yahshi

 dam oldingizmi?? - Va aleykum assalom, beozor farishtam Zahro! Ha, rahmat Allohga shukur yahshi.

 O'zingizdan so'rasam ahvoliz yahshimi?? - Rahmat, Kechagi uchrashuv juda maroqli o'tdi-da! Sizga

 buning uchun tashakkur izhor etaman. Judayam zo'r bo'ldi. - E qo'ysangizchi farishtam! Hali rahmatga loyiq ish qilmadim- ku! Kuning maroqli o'tganidan hursandman. Ha, aygancha ish natijalar varaqasini menga olib kirgin. Biroz chala ishlar bor. Ko'zdan kechirib chiqishim kerak! - Ho'p bo'ladi Ravshan aka!

 Hozir olib kiraman! Shu tariqa bola ishni ko'rib chiqib uni bitirib o'yga tola boshladi. "Kecha Nega menga Malika birdan kechirishini talab qildi?? Nega ?? Ahir u meni unutgan ediku! Meni sevmas ediku! Nega?? " shu o'ylar uni tinch qo'ymas edi. Ravshan o'sha damda qizdan yani o'tmishdagi Malikasidan juda qattiq  ranjigandi. Qolaversa undan juda ham xafa bo’lgandi. Alamini olish rejasini tuza boshladi. Soat 12:26. Birdan telefon qo'ng'irog'i bo'ldi. Qarasa notanish nomer. -Alo! Eshitaman. -Alo! Iltimos go'shakni qo'yib

 qo'ymang. Gaplarimni eshiting. Kecha tushuntirishimga imkon bermadiz. -Kim bu?? Tanimadim  tushuntiribroq gapiring! Qanaqa tushuntirish?? -Men Malikaman Ravshan aka! Kechagi ishni ohiriga yetqazib qo'yishni istadim, shuning uchun qo'ng'iroq qilgandim.  -Haaaa. Senmisan! Ho'sh yana qanday gap qolib ketdi ekan?? Qulog'im senda! - Menga imkon bering. Meni kechiring Ravshan aka! Iltimos meniham tushuning! Vaqt bering, hammasini isbotlayman,  sevishimni ham! Shu vaqtda bolaning hayoliga bir fikr keldi-yu! Va qizga imkon berdi. Ravshan shunday reja qilgandiki faqat Qizdan qastini olish va qizni o'ziga ko'ndirib hor qilib tashlab ketish edi. Shu tariqa kunlar o'ta boshladi. Har kun Malika Ravshanga telefon qilardi. Malika shunday gaplarni gapirar ediki, bola uning gapidan hayron  bo'la boshladi chunki o'tmishdagi kunlarda ham qiz bunday shirin qalbni eritadigan gaplarni gapirmas edi-da!!! Bola ham o'zini oldingiday tuta boshladi, lekin bu ishi haqiqiy emas sohta edi. Qizni butunlay unuta olib qalbidan chiqara ola olgandi. Shu shu qiz Ravshanga chinakam bog'lanib qoldi. Bu fursatdan bola yani Ravshan foydalanmoqchi bo'ldi. Tushlik vaqti . Qizdan bolaga qo'ng'iroq keldi. - Alo Assalomu alekum Ravshan aka! Uchrashsak bo'ladimi?? - Vo alekum Assalom. Ha, albatta . Qayerda uchrashamiz?

 - Har doimgidek o'sha kafeda .Chamasi 30 daqiqadan so'ng. - Aha tushunarli. Unda 30 daqiqadan so'ng ko'rishamiz. Hayr. Bola go'shakni qo'ydiyu . Birdan g'alati bo'lib tushkunlikka tushib qoldi. O'ziga qarab kiyinib, kafe tomon yo'l oldi. Har doimgidek bola kafega Erta yetib keldi. Biroz vaqttan keyin qiz ham bola tomonga chiroyli ko'ylakda, Yuzlari pardozlangan. Yurishlari ham o'zgargan holda kela boshladi. Bolani yoniga kelib o'tirdi. Bola bilan suhbatga kirisha boshladi. Nozlanib, hursinib gapira boshladi. O'tkan  muhabbat hotiralarni esga oldi. Gap so'zidan bola angladiki qiz o'zgargan lek sezilarli darajada emas. Boshlandi milodramma, yolg'on aralash programma. Lekin bu gaplar, nozlanishlar endi bolaga o'tmaydi. Oppoq libosli shayton farishta bo'lomidi. Qiz bolani ko'zlariga boqib nimanidir izladi. Lekin aniq ko'zidan o'zini topolmaydi. Sababi endi bolani ko'nglini sindirib bo'lgandi. Ancha vaqt suhbatdan keyin bola  gapira ketdi. -Sevgi sen uchun hech qanday narsamas. O'zingdan o'zing nimalar deyapsan. Nima meni  shu yolg'oninga ishonadi deb o'ylaysanmi?? Men seni o'sha vaqtda unutganman. Boyadan beri baxt haqida gapirasan. Menga qaragin o'zi baht nima?? Shu turising bahtmi qani ayt? O'tirishini qara senga achinaman . Shu gaplarsiz ham kìmligini bilaman. Qani endi o'rningdan turginda ket! Meni unut. Hayr ......


Яндекс.Метрика