У нас есть только
оригинальные песни

Sevish gunoh bo'lsa mayli men ayibdor bo'la qolay...!

calendar 19.06.2012
8256

 


Yoshim 25 da.Shu vaqtgacham birorta yigitni sevish u yoqda tursin xatto gaplashmaganman.Hali turmushga chiqmaganman,Ota onamni xoxishi bilan unashtirilgaman avgust oyida tuyim bo'ladi.Bundan 15 kun avval oromgohga  konsert quygani bordik.Gruximizdagi bola o'zi bilan o'rtog'ini ham olib kelgan ekan.Manga tanishtirishdi ismi Shoxrux ekan.Hammamiz birgalikda ayniqsa Shoxrux bilan konsert juda zo'r o'tdi.Guruximiz bilan yig'ilishganimizda u ham keladigan hullas oz fursat ichida bizni mexrimizni qozondi.Shoxrux hammaga maqul kelib bo'lgandi.Bora bora u xaqida xoxlamasam ham ko'p o'ylaydigan bo'ldim,tushlarimga kirib chiqadigan bo'ldi.Keyin boshim qotdi naxotki sevib qolgan bo'lsam,axir bo'lishi mumkun emas man o'zgani sevishga xaqqim yuqku axir unashtirilgan bo'lsam.Yigitim bilan umuman gaplashgim kelmay qoldi,uchrashishni ku so'ramasa ham bo'ladi.Umuman tashqi olam bilan ishim bo'lmay qoldi .Faqat qulog'imda naushnik ashula eshitar va faqat derazadan ko'chaga boqar edim.O'rtog'larim guruximizdagila sizga nima bo'ldi nega bunaqa bo'lib qolding dep so'rashar edi.Uylab uylab Shoxruxni sevishimni dugonamga aytdim.Dugonam xursand bo'lib mani bag'riga bosdi.Unashtirilganim xaqida uylab ko'rmadi ham.Manga maslaxat berdi.Sani yoshingda bu o'tib ketadigan tuyg'u emas dedi.Meni boshim qotgan dugonamni aytishi buyicha Shoxrux ham befarq emas ekan.Eng yomoni u mandan 2 yosh kichkina.Nima qilishni bilmayman unashtirilgan yigitim juda yaxshi inson.Man sevmay turib ulaga turmishga chiqsam yasholmasligimga ko'zim yetadi.Axir bu xayot o'zimgagina tegishliku,sevib ayib ish qildim.O'ylolmaydigan bo'lib qoldim.Nima qilay qanday yo'l tutay,maslaxat bering?

Яндекс.Метрика