У нас есть только
оригинальные песни

Shahram G'iyosov navbatdagi jangini kimga qarshi o'tkazishi ma`lum bo'ldi

calendar 13.08.2018
1166

Boks bo'yicha Rio Olimpiadasi sovrindori, jahon chempioni Shahram G'iyosov navbatdagi jangini 17 avgust kuni (Toshkentda 18 avgust) o'tkazadi. Bu haqda Milliy olimpiya qo'mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, AQShning Kaliforniya shtatida bo'lib o'tadigan jangda hamyurtimizga ganalik Albert Mensa raqiblik qiladi.

Ma`lumot uchun, Shahram shu kungacha professional ringda uchta jang o'tkazgan va ularning har uchalasida g'alaba qozongan (2tasi nokaut bilan). Afrikalik bokschi esa 38ta jang o'tkazib, ularning 31tasida g'olib bo'lgan (15tasida raqiblarini nokautga uchratgan). Oltita jangda mag'lubiyatga uchragan bo'lsa, bitta bahsda durangga erishgan.

Яндекс.Метрика