У нас есть только
оригинальные песни

Shahram G'iyosov va Murodjon Ahmadaliyev bugun ilk professional jangini o'tkazadi

calendar 10.03.2018
1300

Ma`lumki, boks bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi va “Uzbek Tigers”ning sobiq a`zolari Murodjon Ahmadaliyev va Shahram G'iyosov professional ringdagi ilk janglarini Nyu-Yorkda o'tkazadi.

"The Real Deal Boxing" va "Mir boksa" kompaniyalari tomonidan tashkillashtirilgan boks kechasi “Kings Theater” arenasida bo'lib o'tadi, deb yozmoqda Sports.uz.

Mazkur janglarda 2016 yilgi Olimpiya o'yinlarining kumush medal sohibi Shahram G'iyosov argentinalik Nikolas Velaskes bilan kuch sinashsa, Murodjon Ahmadaliyev boshqa bir argentinalik bokschi David Pazga (4-4-1) qarshi ringga ko'tariladi.

Janglar Toshkent vaqti bilan 11 mart kuni tongi soat 05:00da boshlanadi.

Яндекс.Метрика