Shahram G'iyosovdan intervyu: Shavkat Mirziyoyev bizga har safar jangdan keyin qo'ng'iroq qilardi

2016 yilgi Rio Olimpiadasida kumush medal sovrindori bo'lgan o'zbekistonlik bokschidan UPL nashri muxbiri intervyu oldi.

- "O'zbekiston iftixori" ordeni bilan taqdirlanganingizdan keyin hayotingiz qanchalik o'zgardi?

 - Mas`uliyat ortdi. Axir men bu mukofotni prezidentning shaxsan o'zidan qabul qildim. Menimcha, bunday mukofotni, tag'in davlat rahbari qo'lidan olishni barcha orzu qiladi. Men bunga erishganimdan juda mamnunman. Biz bu voqeani oilamiz va do'stlarimiz bilan nishonladik. Butun Buxoro bilan bayram qildik. Bu men uchun katta sharaf.

 - Siz Rio-de-Janeyrodagi Olimpiya o'yinlarida O'zbekiston hisobiga ilk kumush medalni olib berganingizda nimalarni his qilgan edingiz?

 - Men buni so'z bilan ta`riflashga ojizman. Bu Olimpiadadagi ilk ishtirokim edi. O'ylaymanki, ilk olimpiadadayoq kumush medal olish -  barcha uchun katta xursandchilik va quvonch keltiradi. Barcha sportchilar Olimpiadada hech bo'lmasa bir bor ishtirok etishni orzu qilishadi. Qanday medal qo'lga kiritilishining farqi yo'q: bronza, kumash yoki oltin. Medal o'z nomi bilan medal. Men O'zbekiston medallar jamg'armasiga kumush medalim bilan hissamni qo'shganimdan juda xursand bo'lganman. Bundan tomoshabinlar, muxlislar va xalqimiz mamnun bo'lishdi.

 - Sizda yana orzular bormi?

 - Ha-da. Albatta, orzu bor. Barchada ham orzu bo'lsa kerak. Busiz yashash qiyin. Agar orzuingiz bo'lsa, uni amalga oshirish uchun intilasiz. Men olimpiya chempioni bo'lishni orzu qilaman. Buning uchun qo'limdan kelgancha harakat qilaman. Mehnat qilaman intilaman, mashg'ulotlar o'tkazaman va O'zbekiston uchun oltin medal olib kelishga harakat qilaman.

 - Bolalikda kim bo'lishni istagandingiz?

 - Rostini aytsam, bolaligimda diplomat bo'lishni orzu qilganman. Ammo taqdir kuchliroq chiqdi va men  sport yo'lidan ketdim. Lekin bu tanlovim uchun hech qachon afsuslanmayman... 

 - Hukumat tepasiga Shavkat Miriziyov kelishidan keyin ro'y berayotgan o'zgarishlarga qanday qaraysiz?

 - Men Shavkat Mirziyoyev prezident bo'lganidan juda xursandman. Biz uni avvaldan taniymiz. O'tgan vaqt davomida biz ko'p marta uchrashganmiz. Olimpiada arafasida ham u bizga shaxsan omad va muvaffaqiyat tilagandi. Rio-da-Janeyrodagi janglarimizdan keyin har safar u bizga qo'ng'iroq qilar va tabriklar edi. U bizning eng yaxshi prezidentimiz bo'ladi. Men unga sog'liq va baxtiyorlik tilayman. Biz sportchilar uni juda sevamiz va hamisha qo'llab-quvvatlaymiz.


Комментарии (1) | Добавить: 15.01.2017
1. NuR_KR (15.01.2017 23:54)
Prezidentimiz otamizdek g'amxo'r
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Keyingi bekat - ayriliq!
Ter hididan halos bo'lishning 5 chorasi
Barmoqlar orqali kayfiyat va organizmni boshqarish usullari
Markaziy bank raisi Fayzulla Mullajonov vafot etdi
Baland poshnada to‘g‘ri yurish qoidalari: 7 maslahat
Samsung o'ta noyob displeyni namoyish etdi
Otabek Mirzayevdan dan Premyera
Ummon guruhi sudga berilmoqda. Sabab?
O‘zbekiston va AQSh prezidentlarining barcha uchrashuvlari
Yuz terisini tozalashning 6 usuli
Homilador ayollar uchun eng zararli oziq-ovqatlar
Oyoqdagi quruq qadoqlar qanday paydo bo‘ladi va ularni qanday yo‘qotish mumkin?
Messi «Real» haqli chempion bo'lganini tan olgan
Rossiyada migrantlar uchun jarimalar oshirilishi mumkin
AQSh Ukrainaga bepul harbiy yordamni bekor qilishi tasdiqlandi
O'zbekistonda Uzcard raqobatchisi paydo bo'ladi
Fast-fuddan voz kechish qoidalari
Uyqu to‘g‘risidagi eng qiziqarli haqiqatlar
Azamat Ahrorovning 200 mingdan ziyod obunachisi bo‘lgan Instagram-akkaunti “o‘g‘irlandi”. “Qaroqchilar” aktyordan 350 dollar talab qilmoqda
Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyodda Donald Tramp bilan uchrashdi
Rossiya ichki ishlar vaziri Vladimir Kolokoltsev O'zbekistonga keldi
Go'sht nega qimmatlashdi?
O'qituvchi bir kunda 6 soatdan ziyod ishlashi mumkin emas
Sergeli avtomobil bozoridagi narxlar e`lon qilindi (21.05.2017)
Nima uchun yaxshi uyqu erkaklar salomatligi asosi hisoblanadi?
40 yoshga to'lgunga qadar to'xtatilishi kerak bo'lgan xatolar
22-may kunida sodir bo'lgan voqealar
Uy sharoitida chizkeyk tayyorlaymiz
Shavkat Mirziyoyev sammitda markaziy osiyolik prezidentlar davrasida (Foto)
Toshkent IIBBda otliq otryad tashkil etiladi