У нас есть только
оригинальные песни

Shahram G‘iyosov meksikalik raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi

calendar 15.07.2018
1098

Bugun, 15-iyul kuni tongda Jahon chempioni, Rio-2016 Olimpiadasi finalchisi Shahram G‘iyosov o‘zining prof boksdagi 3-jangida meksikalik Daniel Echeverriyaga qarshi ringga ko‘tarildi.

Jang 1-raundning o‘zidayoq yakuniga yetdi. Shahramning kuchli zarbasidan Daniel nokautga uchradi va jangni davom ettira olmadi.

Shahram bungacha prof ringda 2 ta jang o‘tkazib, ularning har ikkisida g‘alaba qozongandi (1 tasi nokaut bilan). Meksikalik bokschi esa 24 ta jang o‘tkazib, ularning 19 tasida g‘alaba qozongan (17 tasi nokaut). 5 ta jangda mag‘lubiyatga uchragandi (2 tasi nokaut).

Shu tariqa Shahram prof boksdagi o‘zining 3 g‘alabasiga erishdi.

Яндекс.Метрика