Shahram G‘iyosov prof boksdagi 2-jangida ham g‘alaba qozondi, Murodjon Ahmadaliyev esa raqibini nokautga uchratdi

Rio-2016 Olimpiadasi sovrindorlari, Shahram G‘iyosov hamda Murodjon Ahmadaliyevlarning professional ringdagi ikkinchi janglarini o‘tkazdi. Janglarga Bruklindagi Kings Theatre arenasi mezbonlik qildi.

Shahram G‘iyosov professional ringdagi ikkinchi jangini vengriyalik Gabor Gorbisga qarshi o‘tkazdi. Jang olti raund davom etdi. Shahram ochkolar hisobiga raqibini mag‘lub etdi. Shunday qilib G‘iyosov prof ringdagi ikkinchiga g‘alabasiga erishdi.

Murodjon Ahmadaliyev esa ikkinchi jangida amerikalik Jorj Ruizga qarshi ringga chiqdi. Jangning 6-raunidida Ahmadaliyevning zarbalariga dosh bera olmagan Ruiz nokautga uchradi. Shu tariqa Ahmadaliyev ikkinchi jangida ham muddatidan avval nokaut bilan g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun G‘iyosovning raqibi Gabor Gabor bungacha prof ringda 34 ta jang o‘tkazgan va shularning 24 tasida g‘alaba qozongan (14 tasi nokaut). 10 ta jangda esa mag‘lubiyatga uchragandi (4 tasi nokaut). Shahram esa professional boksdagi debyutini 10-mart kuni nishonlagan va o‘shanda raqibini bir necha soniya ichida nokautga uchratgandi.

Ahmadaliyevning raqibi Jorj Ruiz esa bungacha 14 ta jang o‘tkazgan va ularning 11 tasida (5 ta nokaut) g‘alaba qozongan. 3 ta jangda esa (1 ta nokaut) mag‘lubiyatga uchragan.​ Murodjon xuddi Shahram kabi 10-mart kuni prof ringda debyut qilgan va birinchi raunddayoq nokaut evaziga g‘alaba qozongandi.


Комментарии (0) | Добавить: 22.04.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Bu yil maktablarda «So'nggi qo'ng'iroq» bo'lmaydi
Bollivud yulduzlari O‘zbekistonda kliplarini suratga olmoqda
Amerikalik o‘qituvchi ayol kasal qizchaga o‘z buyragini berishga qaror qildi
O'zbekistonda Skype, WhatsApp va Viber ishi tiklandi
Prokuratura xodimlariga imtiyozli avtokredit ajratiladi
«YouTube»dagi siz bilmagan 8 funksiya
«Spark» jahon bozorini tark etadimi?
Ixtiyoriy-majburiy hashar taqiqlanadi!
Shavkat Mirziyoyev Andijondagi harbiy qismga tashrif buyurdi
Farg‘onada MIB ijrochisi hayotiga suiqasd qilindi
Mirziyoyev Andijonda banan yetishtiriluvchi issiqxonani kirib ko'rdi
Endi STIRni DXMdan olish mumkin
“Nima qilishga ham hayronman”. Sitora Farmonova “O‘zbekkonsert” qaroriga munosabat bildirdi
Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytdi
Turgan holatda ishlaydiganlar sog'lig'ini saqlab qola oladimi?
«Instagram» repost funksiyasini ishga tushirdi
Shavkat Mirziyoyevning AQShga rasmiy tashrifi yakunlandi. Nimalarga erishildi?
O‘zbekistonda xorijiy elektron hamyonlardan to‘lash tartibi belgilanadi
Shahzoda va Lola 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga atab duet kuyladi
Buyuk Britaniyada maktab o‘quvchilariga imtihonda qo‘l soat taqish taqiqlandi
Rossiyada ilk qirg'iz qishlog'i paydo bo'ldi
AQShlik maosh oluvchi echki
Afsonaviy bokschi Mayk Tayson O‘zbekistonga kelishi mumkin
2,4 mln bolaning hayotini saqlab qolgan “oltin qo'lli” donor oxirgi marta qon topshirdi
Bosh prokuratura huzuridagi Agroinspeksiyaga rahbar tayinlandi
Yaponiya AQSh bojlariga javob choralarini tayyorlab qo'ydi
Bokuda xalqaro savdo porti ochildi
Ro'za tutish qoidalarini bilasizmi?
Google va Facebook O'zbekistonda ish boshlashi uchun shartlarini ma`lum qildi
Sayyoramizdagi sovuqqa eng bardoshli insonlar aniqlandi