У нас есть только
оригинальные песни

Shahriyor reper to‘ylarga munosabati o‘zgarganini ma’lum qildi va Shohrux reperga omad tiladi

calendar 18.04.2016
1964

Shou-biznesga qaytganini ma’lum qilgan Shahriyor reper to‘ylarga nisbatan qarashlari o‘zgarganini ma’lum qildi. Bu haqda u “Bekajon” gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Avval to‘ylarga boshqacha qarardim. Lekin bu qarashlarim keyinchalik o‘zgardi. Xalq, muxlislar bilan to‘ylarda o‘zgacha kayfiyatda ko‘rishasiz, yanada yaqin bo‘lib, kim qanday e’tiborda ekanini his etasiz. To‘y xizmatlarim uchun repertuar qilib qo‘yganman”, — dedi Shahriyor.

Shahriyor, shuningdek, bir muddat avval ijodiy tanaffusdan shou-biznesga qaytganini ma’lum qilgan boshqa bir reper — Shohrux haqida ham fikr bildirdi.

“Shohrux reper ijodini mendan ancha ilgari boshlagan. Lekin hech birgalikda qo‘shiq yaratmaganmiz. Bir-birimizga nisbatan raqobat, kim o‘zarga o‘ynash bo‘lmagan. Uning yana ijodga qaytayotganini eshitib, xursand bo‘ldim. Unga faqat omad tilayman”, — dedi Shahriyor.

Яндекс.Метрика