У нас есть только
оригинальные песни

Shahzoda Garri Janubiy Afrikadagi xayriya o‘yinida otdan quladi

calendar 29.11.2015
2899

Buyuk Britaniya shahzodasi Garri Janubiy Afrikadagi polo bo‘yicha xayriya o‘yini chog‘ida otdan yiqildi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar bermoqda.

Hodisa Garri jilovni tortganda ro‘y berdi: ot keskin to‘xtab, chavandozni itqitib tashladi. Shahzoda jarohatlanmagani bois o‘yin davom ettirildi, biroq o‘yin oxirida u yana maysaga yiqildi. Garri sardorlik qilgan jamoa yakunda 7:8 hisobida yutqazib qo‘ydi.

Garri otasi shahzoda Charlz kabi poloning tajribali o‘yinchisi hisoblanadi. U doimiy ravishda xayriya o‘yinlarida ishtirok etadi.

Яндекс.Метрика