У нас есть только
оригинальные песни

Shakardan voz kechishning 3 usuli

calendar 12.10.2017
1494

Ko‘pchilik odamlarning shakardan voz kechish kerak degan birgina fikrning o‘zidan ham kayfiyatlari yo‘qoladi, buning ustiga ularning organizmi shirinlik dozasini xuddi chekuvchilarning organizmi nikotin talab qilganidek talab qiladi.

Shakarning ko‘p miqdori organizmda diabetni keltirib chiqarish bilan birga ozish jarayoniga, hazm qilish tizimiga va kun davomida umumiy ahvolga ham ta’sir ko‘rsatadi.

Bularning oldini olish uchun, biz sizga shakardan voz kechishning oddiy usullarini sinab ko‘rishni taklif qilamiz.

  1. Ko‘proq C vitamini

Shirinlikka bo‘lgan ishtiyoq shunchalik kuchli bo‘lsa, unda miyaga bu tobelikdan voz kechishni emas, balki yangi sog‘lom odat — vitaminlarni ko‘proq yeyishni taklif qilish yo‘li bilan uni aldashga harakat qiling.

Vitaminlarni tanlashda C vitaminiga alohida e’tibor qiling, chunki u shakarning tabiiy o‘rnini bosuvchi hisoblanadi. Siz sersuv apelsin yesangiz yoki choyga xushbo‘y limon qo‘shganingizdan keyin organizmingizdagi shakar miqdori tabiiy ravishda ko‘tariladi.

  1. Kamroq kofein

Gap shundaki, kofein organizmdagi shakar miqdorini kamaytiradi. Ya’ni siz choy yoki qahvadan keyin albatta shirinlik yeyishni xohlab qolasiz.

Shirinliklardan voz kechishning boshlang‘ich bosqichlarida konfetlarni kamroq yeyish bilan birgalikda, choy va qahva iste’mol qilishni ham bir kunda bir piyolagacha qisqartirishga harakat qiling.

  1. Yangi mevalar

Yangi shirali mevalar — bu oqibati salbiy natija bilan tugamaydigan lazzat. Mevalarning shakar o‘rnini tabiiy ravishda bosish xususiyatlaridan boshqa yana bir yaxshi tomoni — ular ajoyib tarzda qorinni to‘ydiradi.

Agar tushlik vaqtida bir dona shaftoli yesangiz, kechqurungacha shirinlik tugul boshqa hech qanday ovqatlarni ham yeyishni xohlamay qolasiz. Agar siz shirinlikka juda o‘ch bo‘lsangiz, bu o‘z-o‘zini aldashning eng yaxshi usulidir.

Яндекс.Метрика