Shakarning yangi xavfi ma`lum qilindi

Xitoy va Buyuk Britaniya olimlari guruhi qand kasalligi va shakarning qonda ko'p miqdorda bo'lishi uzoq davom etuvchi aqliy qobiliyat (kognitiv) buzilishlari bilan bog'langanligini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari Diabetologia jurnalida chop etildi.

Olimlarning fikricha, qonda shakar miqdorini nazorat qilish miya ishi yomonlashuvi oldini olishi mumkin.

Tadqiqotda 5 mingdan ko'proq keksa yoshli odamlar ishtirok etishgan. Ilmiy ish davomida ishtirokchilarning 10 yil atrofidagi davr ichida qonlaridagi shakarning o'rtacha miqdorini ko'rsatuvchi glikirlangan gemoglobin (HbA1c) ko'rsatkichi bilan aqliy qobiliyatlari buzilishlari o'rtasidagi bog'liqlik tahlil qilindi. Aniqlanishicha, HbA1c miqdori qancha ko'p bo'lsa, aqliy qobiliyatlar shunchalik tezroq pasayadi. Mutaxassislar bunda ishtirokchilardagi xolesterin, tana vazni indeksi, ruhiy holat, alkogol va nikotinga tobelik, surunkali kasalliklar, ta`lim darajasi, oilaviy holat va boshqa ko'plab ko'rsatkichlarni hisobga olishgan. 

Tadqiqot natijalarining ko'rsatishicha, qand kasalligidan aziyat chekuvchi yoki unga moyilligi bo'lgan odamlarda aqliy qobiliyatlar tezroq pasayishi kuzatilgan. “Biz tomondan olingan ma`lumotlar diabetik holatdan qat`iy nazar, HbA1c miqdori va aqliy qobiliyatlar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqa borligini ko'rsatadi. Bo'lg'usi tadqiqotlar uzoq muddatli istiqbolda qand kasalligi bo'lgan odamlarda qonda glyukozaning optimal miqdorini ushlab turish aqliy qobiliyatlar buzilishiga qanday ta`sir qilishini aniqlash uchun zarur”, deb aytilgan tadqiqotda.


Комментарии (0) | Добавить: 28.01.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

La Liga. "Real" safarda qiyin g'alabaga erishdi
Dunyodagi eng ulkan oltin koni
Chilim va elektron sigaretlarni qonun yo'li bilan taqiqlash vaqti yetmadimikan?
«Kerak bo'lsa stolbani ham olib borib qamardi». Prezident yana MXXning kirdikorlari haqida gapirdi
Messi yana bir ko'rsatkich bo'yicha «Real» futbolchisi rekordini yangiladi
Tramp «ruslar bilan band bo'lgan» FQBni jiddiy aybladi
Kim Chen Inning rafiqasi haqidagi ma’lumotlar
Япониялик аёл фарзандини видео ўйинлардан ҳимоя қилиш йўлини ўйлаб топди
“Ичкарида”ги Селал — Четин Текиндор
Umid Ahmadjonov: “Futbolchi o'z ustida ishlashi shart, aks holda unga litsenziya berilmaydi”
Moskvada 2021-yilgacha 50 ta yangi metro bekati ochiladi
“O‘zbekneftegaz” va Jizzakh Petroleum Ai-95 narxini o‘zgartirdi
O‘zbekistonda 8000 dan ziyod giyohvand bemor ro‘yxatda turadi
AQShda boshpanasizlar sovuqda qanday jon saqlaydilar?
Adliya organlarining moddiy-texnika bazasi yanada mustahkamlanadi
1 martdan boshlang'ich sinflarni 5 kunlik o'qishga o'tkazish rejalashtirilmoqda
Davron Kabulov "Million"ning yangi a'zosini tanishtirdi
“Sevgi iztirobi” efirdan olib tashlandi
Shavkat Mirziyoev Kogondagi harbiy qismda sharoitlarni ko'zdan kechirdi
«Chimyon» hududida ko'chki xavfi e`lon qilindi
Roman Abramovich Telegram'ga 300 mln dollar sarmoya kiritdi
Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga bordi
MIB plastik kartochkadan pul yechib olishi uchun sud qarori kerakmi?
«Mafiya davlati» - Saakashvili
Rossiyada «YouTube»ning ishlamasligiga birgina belgi sababchi bo‘lmoqda
Shavkat Mirziyoyev: Buxoroda 90 ming ish o‘rni yaratiladi
Coca-Cola’ning daromadi 5 marta tushib ketdi
Buxoroda baliqchilikni rivojlantirishga 100 milliard so‘m ajratiladi
MIBga qarzdorlarning plastik kartochkasidan pul yechib olish huquqi berildi
Avtomobillar oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlaganlik uchun notarial to‘lov arzonlashdi