У нас есть только
оригинальные песни

''SHAMOLLARDA QOLGAN ORZULARIM'' (1-qism).

calendar 29.10.2011
5363


Xar bir inson borki nimanidur orzu qiladi. Orzu yetish yo'lida nimalardandur vos kechadi. Orzu qanchalar go'zal bo'lsa unga yetishish shunchalar qiyin. Shunday insonlar borki o'z xayotini qu'rbon qiladi. Qalb gavxari bo'lmish orzulari shamollarda uchsachi???

Bizni qaxramonimiz Dilbarni juda chiroyli ovozi bor. Uni tog'day balan orzusi bor mashxur bo'lish. Ertayu kech bu orzu unga tinchlik bermasdi. Lekin ota onasi bunga qarshilik qilardi. Dilbar orzulari armon bo'lishidan judayam qo'rqardi. Shu bois u qa'ttiy qaror qildi toshkentga borip ijodini boshlamoqchiligini aytdi. Lekin ota onasi qattiq qarshilik qildi. Agar ketsang bizni senday qizimiz yo'q agar ketsang bizdan kechip ket tanla yoki oilang yoki orzularing dep og'ir tanlov qo'yishdi. Qalbida orzulariga qarshi chiqa olmagan Dilbar orzularini tanladi. U ne xasrat bilan o'z bolaligi o'tgan qishloqni tashlap ketishga majbur. O'zi uchun qadrdon qishloqni tashlap azim toshkeng tomon yo'l olarkan. Yo'l yo'lakay yig'lap ketdi. O'zicha qishlog'i bilan yurakdan xayrlashdi. Xayr meni unip o'stirgan keng dalalar bolaligim o'tgan arg'imchoqlar. Meni kechiring sizni tark etayapman. Lekin men albatta qaytaman yulduz bo'lip qaytaman. Men orzularimga sizni sog'inchizgiz va oilam norozili bilan badal to'layapman. Kim bilsin meni u yerda nimalar kutyapti? Qalbida orzularidan boshqa xech narsa bo'magan Dilbar ming xil o'ylar bilan azim va orzular shaxri Toshkentga xam yetip keldi. Toshkentda xayot qaynardi. Toshkent Dilbar o'ylagandan xam azimroq baxaybat edi. Dilbardi Toshkentdan kutganlari katta. Toshkentday katta shaxarda bir o'zi yurgan Dilbar bu yerda hech kimni tanimasdi, qayoqqa borishini bilmasdi. U avtovakzalda nima qilarini bilmay qo'rqip o'tirardi. Bir maxal bir lo'li ayol kelip Dilbarga fol ochishni taklif qildi Dilbar rad etdi. Lekin lo'li ayol Dilbarga seni mashxurlik va sinov va muxabbat kutyapti dep javop berdi. Dilbar bu gaplarga axamiyat bermadi. O'ylap o'ylap oxirgi mexmonxonaga joylashdi. Dilbar kechasi bilan o'ylanip chiqdi.Ertaga nima qilaman qayoqqa boraman? Uni qo'rquv va ishonchsizlik qamrap olgandi. Hatto qo'rquvlardan ilxomlanip o'zicha qo'shiq aytardi...

Tog'dan baland, qo'l yetmas orzularimdan yaralganmisan san'tim.
Qalb to'la armonlarimdan ilxomlanasan san'atim.
Men nechun yengilay qayg'ularga axir sen borsanku san'atim.
Endi o'zinsan xam do'stim xam suyanganim.

Ne ne o'y xayol bilan asrdek tuyulgan tun o'tip tong xam otdi. Dilbar ertalap turip orzulari tomon yo'l oldi. U juda ko'p prodyuserlik mazkazlariga bordi yordam so'radi san'atini namoyish qildi. Lekin kutgan natijasi bo'lmadi. Bazilari rad javobini berishdi bazilari kuting dedi. Lekin Dilbar umidini uzmadi Pradyuserlik markazlariga boraverdi boraverdi. Dilbar yayov yuraverganidan oyoqlari iship ketardi ko'pincha och xam qolardi. Dilbar juda ochiq ko'ngil qiz bo'lgani uchun unga mexmonxonadagilar yordam berip turishdi. Mexmonxonada texnichka bo'lip ishlap joylaship xam oldi... Mana oradan 2 oy o'tipdi toshkentga kelganiga. Dilbar o'ylanip qoldi vaqt buncha beshafqata bugun negadur yig'lagim kelyapti. Qishlog'imni ota onamni qanchalar sog'inipman. Xammasi men o'ylaganimchalik oson emas ekan. Birdan Dilbarni xayolini buzip telefoni jiringlap qolipti...
Orzular shirin bunchalar. Orzular ko'pdur qanchalar( Dilbarni telefonini chaqiruv musiqasi).
Dilbar mayin oxangda alo assalomu alaykum kim bu? dep so'radi. Biz pradyuserlik markazidanmiz bizga murojat qilganmidiz? Ertaga keling studiyaga ovozizni tekshirip ko'ramiz... Dilbarni tili aylanmay qoldi quloqlariga ishonmasdi qanday qilip go'shakni qo'ydi nima degani esida yo'q. U faqat xursandligidan yig'lardi. U orzulari tomon ilk qadamni tashlayotgandi. Aytishadiku orzu qanchalik katta bo'lsa maqsad xam katta bo'ladi dep. Ertasiga qalbi to'la xayajon, ko'zida umit bilan aytilgan joyga bordi. Studiyaga kelsa bir qiz yig'layotgan ekan. Meni o'rnimga shu qizda oldilarmi dep. Dilbar hech nimani tushunmadi. Haligi qiz esa Dilbarga bir o'qraygancha chiqip ketdi. Dilbar assalomu alaykum men Dilbarman meni studiyaga keling tekshirip ko'ramiz degandilar dedi. Studiyadagi Prodyuser javop berdi . Yaxshi keling taniship olelik men prodyuser Olimjon aka bo'laman sizni yulduzga aylantiramiz. Qani ichkariga kirip biror nima aytip beringchi tekshiraylik. Yaxshilap taniship olgach Dilbar studiyani ichkari xonasiga kirip. O'zi yoqtirgan orzular qo'shini aytip berdi. Dilbarnh ovozi Olim akaga maqul keldi. Dilbarni oldiga chaqirdi ovoziz maqul faqat tashqi ko'rishni o'zgartirishimiz kerak dedi. Allaqanday stilist Oksanaga telifon qildi. Allo Oksana xozir oldinga bir qiz boradi Dilbar degan odam kepata qilip qo'ygin dedi. Keyin Dilbarni Oksanani yoniga jo'natdi. Salom meni Olim aka jo'natdi. A ti unas ta samaya Dilbar budushaya zvezda a nuka smotrim cho mojim delat dedi Oksana. Dilbar ruschani uncha bilmagani uchun Oksanani gaplariga tushunmadi. Oksana Dilbarni oyna oldidagi stolga o'tkizip uzun sochlarini qirqa ketdi... (DAVOMI BOR)
Яндекс.Метрика