У нас есть только
оригинальные песни

Shanbaning to'rtta supero'yini

calendar 25.07.2015
1729

Bugun futbol ishqibozlari hukmiga bir-biridan qiziqarli bo'lgan to'rtta o'yin havola etiladi. Ularning har biri har xil paytda boshlanadi. Dastlab, "Milan" jamoasi hamshaharlari "Inter" klubini qabul qilishadi. Bu o'yin Chempionlar Xalqaro kubogi musobaqasidan o'rin olgan. Ulardan keyin esa, Turinning "Yuventus" jamoasi Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi. Bu jamoalar bir necha marotaba bir-birlariga ro'baro' kelganlaridan xabaringiz bor. Tunda Parijning PSJ jamoasi "Chelsi" bilan kurash olib borsa, Katalonining "Barselona" klubi "Manchester Yunayted"ni imtixondan o'tkazadi. Oxirgi ikki o'yin ham rasmiy maqomga ega. Yoqqan o'yinni tanlab olavering.
Яндекс.Метрика