Shanxay xalqaro tadqiqotlar universitetida (SHISU) shu o'quv mavsumida o'zbek tili kafedrasi ochiladi. Bu haqda "Jahon” axborot agentligi universitet saytidagi ma'lumotga tayangan holda ma'lum qildi.
Aytilishicha, 2005 yili Toshkentda, 2014 yili esa Samarqandda Konfutsiya institutlari ochilishi, 2013 yilda Shanxayda O'zbekiston tadqiqotlari markazining ochilishi o'rtadagi hamkorlik natijasi bo'ldi. Ushbu hamkorlikning davomi o'laroq mashhur universitetda o'zbek tili o'rgatila boshlanadi.