У нас есть только
оригинальные песни

Sharjada bo‘ydoqlarni kvartiralardan ko‘chirishga ko‘rsatma berildi

calendar 31.10.2017
1407

Sharja munitsipalitetida bir oy davomida amirlik hukmdori Sulton bin Muhammad al-Qosimiy ko‘rsatmasiga muvofiq “oilalardan kelib tushayotgan ko‘plab shikoyatlarga munosabat bildirish” maqsadida turar-joylar kuchaytirilgan tartibda tekshiruvdan o‘tkazildi. Bu haqda UAE Inside xabar bermoqda.

1-oktabr holatiga inspektorlar uylanmagan yigitlar istiqomat qilayotgan 1492 kvartira haqida ma’lumot oldi. Tekshiruvlar davomida ulardan har biriga ko‘chib o‘tishi uchun muhlat berildi, biroq faqat 1143 kishi ogohlantirish talablarini bajardi. Qolgan 349 nafar bo‘ydoqning ishi endi sudda ko‘riladi.

“Amirlikda yashash qoidalari buzilishi ustidan nazorat Sharja hukmdori farmoyishiga muvofiq o‘rnatildi. Mavjud udum va an’analarga rioya etilishini ta’minlash, shuningdek, turar-joylarda istiqomat qiluvchi oilalar xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlash lozim”, — ta’kidladi Sharja munitsipaliteti bosh direktori o‘rinbosari Xolid bin Falax al-Suvaydiy.

Яндекс.Метрика