У нас есть только
оригинальные песни

“Sharq taronalari” Gran-prisini xitoylik ayollar orkestri qo‘lga kiritdi

calendar 31.08.2015
1225

"Sharq taronalari” X xalqaro musiqa festivalining Gran-prisini xitoylik ayollar orkestri − Jangsu Women’s Orchestra qo‘lga kiritdi.

Festivalning yubiley sonida birinchi o‘rinni Yaponiyaning Shamisen guruhi musiqachilari, ikkinchi o‘rinni estoniyalik Sepp Silver hamda Polshaning Chelm guruhi, uchinchi o‘rinni esa Kosta-Rikaning Quelite guruhi qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, qator ishtirokchilarga turli nominatsiyalarda mukofotlar topshirildi. G‘oliblarni taqdirlash 30-avgust kuni Samarqandda, festivalning yopilish marosimi chog‘ida bo‘lib o‘tdi.

Яндекс.Метрика