У нас есть только
оригинальные песни

Sharqshunoslik institutining yangi binosi foydalanishga topshirildi

calendar 16.03.2018
1041

O'zbekiston Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o'tkazilgan tadbirda O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Ummon Sultonligining Meros va madaniyat vaziri Sayyid Haysam bin Tariq al-Sa`id hamda Vaqf va din ishlari vaziri Shayx Abdulla bin Muhammad bin Abdulla as-Salimiy ishtirok etdi. Ular institutda yaratilgan keng imkoniyatlar, muzey, ish xonalari, qo'lyozmalar saqlanayotgan kutubxona, laboratoriya bilan tanishdi. Ish jarayonlarini kuzatdi, deb yozmoqda O'zA.

Mehmonlar nodir manbalar, toshbosma kitoblar, miniatyuralar, xattotlik namunalari, tarixiy hujjatlar kolleksiyalarining eng yaxshi namunalari joy olgan ko'rgazmani ko'zdan kechirdi.

 

Яндекс.Метрика