У нас есть только
оригинальные песни

Shavkat Mirziyoyev Amerika—O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni qabul qildi

calendar 01.02.2017
1336

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-fevral kuni Amerika—O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemmni qabul qildi.

Davlat rahbari va palata raisi o‘rtasida kechgan muzokaralar jarayonida savdo-iqtisodiy, investitsion, texnologik, innovatsion va ta’lim yo‘nalishlardagi uzoq muddatli va keng miqyosli hamkorlikni kengaytirish haqida so‘z bordi.

Agrosanoat majmusi, elektrotexnika, farmatsevtika va boshqa sohalarda ilg‘or tajribalar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar va Amerika tashkilotlari va kompaniyalari erishgan zamonaviy texnologik yutuqlarni jalb qilishga asoslangan istiqbolli loyihalar muhokama etildi.

Ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan hamkorlikning yangi mexanizmlarini yaratish masalalari ko‘rib chiqildi.

Яндекс.Метрика