У нас есть только
оригинальные песни

Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyodda Donald Tramp bilan uchrashdi

calendar 23.05.2017
2288

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Ar-Riyodda bo'lib o'tgan Arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammitida ishtirok etdi. 

Sammit davomida Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o'tkazdi. Tramp Mirziyoyev bilan suhbatda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan jarayonlarni yuqori baholadi. Bu haqda O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati ma`lum qildi.  

Shavkat Mirziyoyev sammit davomida, shuningdek, Ozarboyjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog'iston Prezidenti Nursulton Nazarboyev, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Afg'oniston Prezidenti Ashraf G'ani, Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif, Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho'g'lu bilan uchrashdi va ular bilan o'zaro hamkorlikni yanada kengaytirishga taalluqli bir qator masalalar bo'yicha fikrlar almashdi.

 

Яндекс.Метрика