У нас есть только
оригинальные песни

Shavkat Mirziyoyev Armanistonning yangi saylangan prezidentini qutladi

calendar 03.03.2018
639
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-mart kuni Armen Sarkisyanni Armaniston prezidenti lavozimiga saylangani bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev o‘z qutlovida o‘zaro hurmat va anglashuv tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston—Armaniston munosabatlari bundan buyon ham ikki mamlakat xalqlari manfaatlari yo‘lida izchil mustahkamlanib borishiga ishonch bildirgan.

Ma’lumot uchun, Armen Sarkisyan 1996—1997-yillarda Armaniston bosh vaziri bo‘lgan. Qator mamlakatlarda Armaniston elchisi sifatida ishlagan. U 9-aprel kuni Armaniston prezidenti vakolatlarini bajarishga kirishadi.
Яндекс.Метрика