Shavkat Mirziyoyev “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Avtomobil transportini boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

 

Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining daryo transporti sohasidagi davlat boshqaruvi bo‘yicha vakolati Favqulodda vaziyatlar vazirligiga o‘tkazildi. Agentlik O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi (“O‘zavtotrans” agentligi) etib qayta nomlandi.

Avtomobil va daryo transportini rivojlantirishni normativ-texnik ta’minlash Respublika markazi “O‘zavtotranstexnika” ilmiy-ishlab chiqarish markazi” DK, “Avtodaryotrans-ilm” kasb malakasini oshirish davlat ilmiy-metodik markazi “Avtomobil transporti kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti” DK deb qayta nomlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi shahar yo‘lovchi transportini boshqarish bo‘yicha maxsus vakolatli organlar “O‘zavtotrans” agentligining tegishli hududiy boshqarmalariga birlashtiriladigan bo‘ldi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Nukus avtomobil yo‘l-xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish kasb-hunar kolleji, Andijon transport va xizmatlar ko‘rsatish kasb-hunar kolleji hamda Samarqand avtomobil va yo‘llar kasb-hunar kollejini, ularning ta’minotini davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish tartibini saqlab qolgan holda, “O‘zavtotrans” agentligi tarkibiga o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.

Ilmiy-tadqiqot ishlari, yo‘lovchi avtovokzallari va avtostansiyalari, umumiy foydalanishdagi yo‘lovchi yo‘nalishlari oraliq bekatlarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha dasturlar, avtotransport vositalarini xarid qilish va avtomobil transportini boshqarish tizimiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, “O‘zavtotrans” agentligini saqlashni moliyalashtirish maqsadlari uchun yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston avtomobil transporti agentligining Avtomobil transportini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etildi.

2022-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan muddatga:

Lizing kompaniyalari va xalqaro tashuvlarni amalga oshiruvchi milliy tashuvchilar O‘zbekistonga olib kirilayotgan va mamlakatda ishlab chiqarilib xarid qilinayotgan yuk avtotransporti vositalarini Ichki ishlar vazirligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazishda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga undiriladigan yig‘imlar to‘lovidan;

Asosiy faoliyati avtobuslarda yo‘lovchi tashishni amalga oshirish bo‘lgan umumiy foydalanishdagi shahar yo‘lovchi transporti tashkilotlari yer solig‘i to‘lovlaridan ozod etildi.

“O‘zavtotrans” agentligi va uning tomonidan tashkil etiladigan yangi maxsus korxonalar asoslash ehtiyoji mavjud bo‘lganda texnik-iqtisodiy asoslash asosida 2023-yilning 1-yanvarigacha bo‘lgan muddatga barcha turdagi soliqlar va maqsadli davlat jamg‘armalariga o‘tkaziladigan majburiy to‘lovlardan ozod qilindi. O‘zbekistonga belgilangan tartibda tasdiqlangan ro‘yxatlar bo‘yicha olib kiriladigan transport vositalari, butlovchi anjomlar va ehtiyot qismlar, uskunalar, asboblar va priborlar, mashinalar va mexanizmlar, kompyuter va diagnostika texnikasi uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etildi (bojxonada rasmiylashtiruvlar uchun yig‘imlar bundan mustasno).

“O‘zavtotrans” agentligi xodimlari xizmat vazifalarini bajarishda idoraviy formali kiyim-bosh kiyishi belgilandi.

Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki oy muddatda “O‘zavtotrans” agentligi va uning tomonidan tashkil etiladigan yangi mustaqil tashkilotlarga davlat tasarrufidagi avtovokzallar, avtostansiyalar, binolar va ishlab chiqarish maydonlarini berish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish topshirildi.


Комментарии (0) | Добавить: 07.03.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi