У нас есть только
оригинальные песни

Shavkat Mirziyoyev: Hajga kim borishini jamoat hal qilsin. Hojilar esa ma’naviyatchi bo‘lishi kerak

calendar 03.09.2017
1086

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentabr kuni Toshkentagi Xastimom majmuasida Musulmonlar idorasi rahbariyati, imom-xatiblar, mahalla faollari bilan uchrashgan edi.

Prezident uchrashuv chog‘ida Haj masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. Xususan, bu yildan Haj kvotasi oshirilgani, shuningdek, bir guruh urush qatnashchilari va faxriylari davlat hisobidan ziyoratga yuborilganini ta’kidladi.

Ayni vaqtda, Prezident Shavkat Mirziyoyev ziyoratni ado etib qaytgan hojilar o‘z xulqi va harakati bilan jamiyatda boshqalarga o‘rnak bo‘lishi lozimligini alohida qayd etib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev: Har bir masjidga shu mahalla, shu qishloq, shu tumandan Hajga borishga navbatda turganlarning ro‘yxati ilib qo‘yilishi kerak. Juma namoziga kelganlar buni ko‘rsin. Hajga borishga kim ma’qul ekanini – Hajga borish istagidagi insonning jamiyatga qanchalik foydasi tegishini hisobga olib – jamoat hal qilsin.

Hajga borib kelgan har bir fuqaro ma’naviyat targ‘ibotchisi bo‘lishi kerak. U Xudodan qo‘rqishi, bandasidan uyalishi kerak. Adolat mezoni birinchi galda unda bo‘lishi kerak, qo‘shnisi Vatanga muhabbat, ishga munosabat, farzand tarbiyasi masalasida endi undan o‘rnak olishi kerak.

Mana qancha masala turibdi bizning oldimizda. Davlat hech qachon din ishiga aralashmaydi. Biz aralashishdan yiroqmiz. Lekin adolatni o‘rnatishga mas’ul va javobgarmiz.

Яндекс.Метрика