Shavkat Mirziyoyev hisobidan hajga boruvchi urush faxriylariga qarindoshlari hamrohlik qiladi

2017 yilning 4 aprelida O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag'batlantirish to'g'risida”gi Farmonni imzolagan edi. Ushbu farmon ijrosi yuzasidan O'zbekistonning turli hududlarida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining muborak haj ziyoratiga borish bo'yicha bildirgan istaklari hamda “Nuroniy” jamg'armasining taklifi inobatga olinib, ilgari haj ziyoratiga borolmagan yoki bunga imkoni bo'lmagan urush qatnashchilari Prezident ajratgan mablag' hisobidan haj ziyoratiga yuboriladigan bo'ldi. Bu haqda O'zbekiston musulmonlari idorasi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Ayni kunlarda ana shu farmon asosida mamlakatdan 73 nafar nuroniy haj safariga borish taraddudini ko'rmoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo'yicha qo'mita va O'zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining eson-omon haj ibodatlarini ado etib qaytishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasida qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, urush faxriylarining oila a`zolari yoki yaqin qarindoshlaridan bir nafariga navbatsiz haj ziyoratiga borishga ruxsat berildi. Har bir guruhga bir nafar guruh rahbari va yana bir nafar guruh rahbarining yordamchilari tayinlandi hamda ikki nafar malakali shifokor ajratildi.

Shuningdek, O'zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining har bir ziyoratchiga ehrom taqdim qildi. 


Комментарии (0) | Добавить: 06.08.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]