У нас есть только
оригинальные песни

Shavkat Mirziyoyev: Hokimlar qachon maktablarga kirib ma`ruza o'qiydi?

calendar 03.05.2018
968

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi davomida  Norin tumani hokimiyatida viloyat faollari, hokimlar, sektorlar rahbarlari va boshqa mutasaddilar ishtirokida yig'ilish o'tkazildi. 

Davlat rahbari mamlakatda paxta yetishtirish va uni chet elga sotish masalalariga to'xtalar ekan, endi paxtani xom ashyo sifatida emas, balki qo'shimcha qiymat bilan o'zimizda ishlab chiqarib so'ng sotilishi, shu yilning o'zida har bir viloyatda bittadan klaster tashkil qilinib, sinovdan o'tishini aytdi. 
   
“Klasterlar bo'lganidan keyin, tasavvur qiling viloyat va tuman hokimlarining qo'li paxtadan bo'shaydi - ijtimoiy soha, yoshlarning tarbiyasi, nuroniylar, adabiyotchilar, adashganlar, umuman tarbiya sohasiga e`tibor qaratadi. Ayting,  hozir qaysi hokim maktabga kirib bolalarga ma`ruza qilyapti? Hech kim. Bir oyda bir marta bo'lsa ham kirsa qani edi. 

Paxtaning tannarxini hech qachon bunday ko'tarmagan edik. Hozir 1 mln 200 mingdan 3 mln 225 ming so'mga ko'tardik. Chunki, dehqon dalaga chiqib mehnat qilganidan keyin manfaat topishi kerak, axir”, - dedi prezident. 

Яндекс.Метрика