Shavkat Mirziyoyev: “Hudud rahbari, prokurori, soliqchisi - hammasi o'zini o'ylaydi, xalqni hech kim o'ylamaydi”

Ma`lumki, davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog'iston Respublikasida xalq vakillari va faollar bilan uchrashdi. Uchrashuvda bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. 

"Mana, qishloq vrachlik punktini ko'rdik. Adham Ilhomovich, o'zi qishloq vrachlik punktining muddaosi nima? Patronaj. Men sizga aytgan eng katta fojia - malakali shifokor yo'q! Hamma yerda - kerak joydayam, keraksiz joydayam kafel. Toshkentdagi loyiha Qoraqalpog'istonda o'tmaydi. Qayerdagi plastik qimmat-qimmat oynalarni olib kelib qo'ygansizlar, u qishda - sovuq, yozda - issiq. 

Qoraqalpog'istonni sevgan, uning ertangi kuniga ishongan odam yo'qmi? Maktablarni issiq qilsak, shifoxonalarni issiq qilsak... Shifoxonani ahvolini qarang... Qoraqalpog'iston faqat Nukus bilan ko'z-ko'z qilish emas-ku! Odamlar sifatli dorilar, sifatli tibbiy xizmatlarni kutmoqda. 

Talabchanlik yo'q, nazorat yo'q, Muso Tojiyevich. 10 kun ichida ob`yezd bo'yicha yig'ilish o'tkazasiz. Shuncha joylarga kirdik, qimmat-qimmat texnikalar qor tagida yotibdi. Qanday qishloq xo'jaligi bo'ladi bunaqada? O'sha hudud rahbari, prokurori, soliqchisi - hammasi o'zini o'ylaydi, xalqni hech kim o'ylamaydi. Tayyorgina ikkita "Kislovodsk" turibdi, men ham juda pastda yurgan odamman, u "Kislovodsk" - baxt, ustini yopib qo'yib, "klass" texnikani olib kirsin, janob Ro'ziqulov! Bu sizga ham taalluqli. Quruq so'z bilan ish bitmaydi. Nimaga qaramagansiz, Ulug'bek Ubaydullayevich? "Qoraqalpog'istonga borib keldim, u qildim-bu qildim" deb maqtanasiz-ku! Shunday davlat texnikasi tashqarida turishi xiyonat emasmi? Hali ularning krediti to'lanmagan, Muso Tojiyevich. U bankning krediti, davlatning krediti turibdi...

Salomatlik, barkamol avlod deymiz - ichimlik suvi bo'lmasa, qanaqa barkamol avlod? Bugun shuni ta`kidlab aytamanki, Qoraqalpog'istonda belgilangan rejalar ortig'i bilan bajarilishi shart!", - dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Bundan avval 2017 yilda Mo'ynoq tumanida 101 kilometrlik ichimlik suvi tarmog'i tortilishi ko'zda tutilayotgani haqida xabar berilgan edi. 1 trillion so'mdan ziyod mablag' evaziga amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar asosida 15 ming yangi ish o'rni yaratiladi.


Комментарии (3) | Добавить: 22.01.2017
3. Rauf9446 (22.01.2017 19:17)
Gap y6q
2. Baxtiyorbeknew (22.01.2017 15:40)
kelsa yaxshi bulardi
1. Baxtiyorbeknew (22.01.2017 15:39)
suxondaryoga bir kelib ketsa bo'lar
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]