Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotda noreal raqamlar ortidan quvishni tanqid qildi

25-dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakat eksport imkoniyatlarini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbirda Prezidentning davlat maslahatchilari, bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, tegishli vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari ishtirok etdi. Shuningdek, videokonferensiya aloqasi orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbariyati, mahalliy hokimliklar, vazirlik va idoralarning hududiy tuzilmalari, eksportchi korxonalar va fermer xo‘jaliklari rahbarlari qatnashdi.

Yig‘ilishda 2017-yil yakuni bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari to‘liq bajarilishini ta’minlash, milliy mahsulotlar eksporti geografiyasini kengaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport sohasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda qishloq xo‘jaligi va sanoat mahsulotlarini tashqi bozorlarga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Davlat rahbari iqtisodiyotning barqaror va yuqori o‘sish sur’atlarini saqlab qolishning eng muhim omillaridan biri bu mamlakat eksport salohiyatini izchil oshirish va undan to‘liq foydalanish, mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini kuchaytirish ekanini ta’kidladi. Shuningdek, korxonalarning an’anaviy tashqi bozorlardagi o‘rnini mustahkamlash va kengaytirish, yangi bozorlarga kirib borish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirish zarurligiga e’tibor qaratildi.

Mamlakat iqtisodiy siyosatida noreal raqamlar ortidan quvish, amalda samara bermaydigan rejalar haqida balandparvoz gaplar bilan so‘z yuritishdek noma’qul ish uslubi tanqid qilindi.

Hisobot uchun emas, muayyan natijaga erishishni maqsad qilgan holda ish yuritishni tashkil qilish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 2017-yilda iqtisodiy o‘sish 5,5 foizni tashkil etdi, eksport hajmi qariyb 15 foizga ko‘paydi. 2018-yil davomida eksportning umumiy moliyaviy qiymati 12,1 milliard dollarga teng bo‘lishi kutilmoqda.

Yig‘ilishda so‘nggi bir yil davomida tadbirkorlarning eksport sohasidagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash maqsadida mahsulotlarni oldindan to‘lov asosida eksport qilish, valyuta tushumlarini majburiy sotish, hozirgi kun talabiga javob bermaydigan, ortiqcha ruxsatnomalarni bekor qilish hamda eksport faoliyatida soliq imtiyozlarini qo‘llashni kengaytirishga doir qabul qilingan qator farmon va qarorlar qabul qilingani ta’kidlandi.

Yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirlik va idoralar, xo‘jalik birlashmalari hamda hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi va muhokama qilindi. Ayrim tarmoqlar va hududlar rahbarlarida mas’uliyat, talabchanlik va tashabbuskorlik yetishmayotgani, eksport dasturini bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotgani tanqid qilindi.

Davlat rahbari tegishli mutasaddilarga mamlakat eksport salohiyatini oshirish, eksport geografiyasi va nomenklaturasini kengaytirish, eksportchi korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, yangi tadbirkorlik subyektlarini eksport faoliyatiga jalb qilish yuzasidan aniq topshiriqlar berdi.


Комментарии (0) | Добавить: 26.12.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

O‘zbekiston Moliya vazirligi ish haqlarining vaqtida to‘lanishi yuzasidan so‘rov o‘tkazmoqda
O‘zbekiston va Turkmaniston rahbarlari Maxtumquli haykali poyiga gullar qo‘ydi
Turkmaniston Prezidenti Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo'ydi
Agar siz ishlagan tashkilot tugatilgan bo‘lsa, pensiya uchun ma’lumotnoma qanday olinadi?
O‘zbekistonda budjet xarajatlarining uchdan bir qismi ijtimoiy nafaqaga yo‘naltiriladi
O'zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana tushdi
Tojikiston O‘zbekistonga shimoliy yo‘nalishda elektr energiyasi yetkazib berish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Yulduz Usmonova Nukusda konsert beradi
Хонанда Умидахон турмушга чиқяпти. Куёв ким?
Toshkentdagi Botanika bog‘i 9-maygacha yopildi
Gurbanguli Berdimuhamedov O'zbekistonga keldi
GM Uzbekistan Chevrolet Orlando ishlab chiqarishni to'xtatdi
Shavkat Mirziyoyevning xalqaro tashriflari: sarhisob va keyingi davlatlar
Mana bu tish pastalarini aslo ishlatmang!
O‘zbek kurashini nechta mamlakatda bilishadi?
Shahram G‘iyosov prof boksdagi 2-jangida ham g‘alaba qozondi, Murodjon Ahmadaliyev esa raqibini nokautga uchratdi
Alisher Usmonovning jiyani Ganya milliy liboslarda fotosessiya uyushtirdi
Shimoliy Koreyada qatl qilishga sababchi bo‘luvchi to‘rtta bema’ni holat
Xorazm viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi tayinlandi
“Zuvola” asl qo‘shiqlar milliy tanlovining dastlabki g‘oliblari taqdirlandi
O‘zbekiston ikki oyda Qozog‘istondan salkam 0,5 mln tonna bug‘doy sotib oldi
«Samsung» birdaginga ikkita egiluvchan ekranli smartfon ishlab chiqaradi
O‘zbekistonda ta’limga davlat budjetidan katta mablag‘ ajratilmoqda. Unda nega ta’lim sifati past, sohada muammolar ko‘p?
Dollarning qiziqarli tarixi
Rossiyada Putinning reytingi tushib ketdi
Xitoylik harbiylarga ishga ovqat olib kelish va onlayn translyatsiya taqiqlanadi
KXDR yadro qurolini boshqa davlatlarga bermaslikka va`da qildi
GM Uzbekistan avtomobil yetkazib berishni tezlashtirishni va’da qilayotganlarga ishonmaslikka chaqirdi
O‘zbekistonda avtomobil raqamlari xalqaro raqamlarga almashtiriladi, barcha qog‘oz hujjatlar esa bekor qilinadi
ukumat uchun alohida mobil aloqa tizimi yaratiladi