У нас есть только
оригинальные песни

Shavkat Mirziyoyev JCh-2018 ochilish marosimida ishtirok etadi

calendar 13.06.2018
1805

Moskvada o'tkaziladigan futbol bo'yicha jahon chempionatining ochilish uchrashuvida ishtirok etadigan davlat rahbarlari nomi ma`lum qilingani xabar berilgandi.

Meduza xabariga ko'ra, ro'yxatdan asosan MDH va Lotin Amerikasi davlatlari joy olgan. Bundan tashqari, unda ko'pchilik mamlakatlar tomonidan tan olinmagan ikki davlat ham bor - Abxaziya va Janubiy Osetiya. 

Shuningdek, xabarda O'zbekiston nomi ham keltirilgan. Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyev JCh-2018 ochilish marosimiga tashrif buyurishi kutilmoqda. Bu borada davlat rahbari matbuot xizmati tomonidan hozircha rasmiy xabar berilmagan.

Яндекс.Метрика