Shavkat Mirziyoyev navbatdagi xorijiy safarga tayyorgarlik ko'rmoqda

O'zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyevning keyingi xorij safari Janubiy Koreyaga amalga oshiriladi. Prezidentning o'zi Toshkent viloyatida o'tkazilgan yig'ilish davomida Koreya safariga tayyorgarlik ko'rilayotgani haqida ma`lum qilgan.

Ma`lum bo'lishicha, Toshkent viloyatining Parkent tumanida erkin iqtisodiy zona tashkil etiladi, ushbu tuman iqtisodi rivojlantirilishi uchun koreyaliklar investitsiyasi jalb etiladi.

«Urgut tumani namunasida Parkent tumani erkin iqtisodiy sanoat zonasi tashkil etiladi. Tumanda 100ta dam olish maskani va sanatoriyalar barpo etiladi, Parkentda bitta, Ohangaron tumanida ikkita suv ombori quriladi.

Ochig'ini aytsam, parkentliklardan qarzimiz bor. 25 yil ichida bu yerda bironta bino qurmadik, bironta korxona ochmadik. Eski tos, eski hammom.

Hozirda Koreya Respublikasiga safarga tayyorgarlik ko'ryapmiz. Bu davlat rahbariyati bilan Koreya investitsiyasini Parkentda erkin iqtisodiy zona tashkil etish, tumanni rivojlantirish uchun jalb etishni muhokama qilamiz. Parkentning mehnatkash xalqi buni sabr bilan kutyapti», degan prezident.

Hozircha tashrif sanasi ma`lum emas.

Qayd etish kerakki, bugun O'zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Koreya respublikasi elchisi Kvon Yon U bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Suhbat chog'ida turli darajalarda bo'lajak O'zbekiston-Janubiy Koreya uchrashuvlari jadvali, kun tartibi va boshqa amaliy masalalari muhokama qilingan.

Eslatib o'tamiz, Shavkat Mirziyoyev yil boshidan buyon 5ta davlatga bordi. Prezidentning ilk tashrifi 6-7 mart kunlarida Turkmanistonga bo'lgandi. Keyingi tashriflar Qozog'iston, Rossiya, Xitoy va Saudiya Arabistoniga bo'ldi. Prezident Turkmanistonga ikki marta (6-7 mart, 19-20 may kunlarida), Qozog'istonga 3 marta (22-23 mart, 29 aprel, 8-9 iyun kunlari) bordi.


Комментарии (0) | Добавить: 04.08.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Rossiya aviasozlari “so'nggi kun samolyoti”ni yaratishdi
Messi “Barselona” bilan bir umrlik shartnoma imzolaydimi?
Bosh prokuratura o‘z telestudiyasiga ega bo‘ladi
Saudiya Arabistoni hukumati qo‘lga olingan shahzodalarga pul evaziga ozodlikni taklif qilmoqda
Rossiyalik teleboshlovchi Andrey Malaxov ota bo‘ldi
Turkiyaning Van ko‘li ostidan qadimiy qal’a topildi
Siemens’da ommaviy ishdan bo'shatish yuz beradi
O'zbekiston xalqaro ayollar tadbirkorligi kunini nishonlaydi
MIB tomonidan musodara etilgan LADA avtosaloni auksionga qo'yildi
O'zbekistonda qaysi kasb egalarining maoshi yuqori?
OnePlus iPhone X’ga raqobatchi bo'lgan smartfonni taqdim etdi
“Malika” savdo markazida sotilayotgan Samsung smartfonlarining narxlari ma’lum qilindi
Neymarning tovon puli ma`lum qilindi
Ronaldu va Serxio Ramos orasidan ola mushuk o'tdi
General-mayor Abdusalom Azizov Ozarboyjonga tashrif buyurdi
Hindiston hukumati Ivanka Tramp tashrifi oldidan ko‘chalarni 200 dan ortiq tilanchidan tozaladi
9 oy ichida qancha chet ellikka O'zbekistonga kirish vizasi berildi?
Ronaldu «Real»ni tark etish uchun 4ta sababga ega
Yana gaz inqirozimi? Ukrainada gaz narxi 10 barobarga oshdi
Naqd pul bilan bog'liq muammolar hal qilinmoqda, yil oxirigacha 200ta bankomat sotib olinadi
Abdulla Aripov Germaniyaga tashrif buyuradi
O'zbekiston nemis va frantsuz kompaniyalaridan 2 mln hisoblagichlar sotib oladi
Quyoshning Yerga qaragan tomonidan barcha dog'lar yo'qolib qoldi
Ishni o'zgartirish yo'lida to'siq bo'luvchi qo'rquvni qanday yengish mumkin?
Tana haroratidan quvvatlanuvchi aqlli soatlarni yetkazishga start berildi
Xonanda Saida turmushga chiqdi
Xarajatlarni nazorat qilishning eng oddiy va bezarar usuli
Metro yo'l haqi tushiriladimi? «O'zbekiston temir yo'llari» rasmiy xabar berdi
Intizomiy jazo amal qilayotgan vaqtda rag'batlantirishga ruxsat beriladi
Xiaomi smartfonlarining mashhurligiga 5 sabab