У нас есть только
оригинальные песни

Shavkat Mirziyoyev: «Oqdaryo tumanini paxtadan ozod qildik»

calendar 17.03.2018
914

Shavkat Mirziyoyev Oqdaryo tumaniga tashrif buyurib, «Daromad baxt omad» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan issiqxona bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

— Oqdaryo tumanini paxtadan ozod qildik, — dedi Prezident. — Tumanning zax, toshloq yerlariga gidroponika juda mos. Bunday issiqxonalarni kengaytirish, nima bozorbop bo‘lsa, shuni ekish kerak. Bu yo‘nalishni rivojlantirish uchun mutaxassislar tayyorlash zarur.

Ma’lumot uchun, gidroponika usulidagi mazkur issiqxonada yiliga 1 ming 800 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirib, MDH mamlakatlariga eksport qilish rejalashtirilgan.

Яндекс.Метрика