У нас есть только
оригинальные песни

Shavkat Mirziyoyev Ostona aeroportiga yetib keldi

calendar 15.03.2018
991

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida ishtirok etish uchun Ostonaga yetib keldi, deya xabar bermoqda “Kazinform”.

O‘zbekiston rahbarini Qozog‘iston poytaxti aeroportida respublika bosh vaziri birinchi o‘rinbosari Askar Mamin kutib oldi.

Ta’kidlanishicha, maslahat uchrashuvida Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston prezidentlari ham qatnashadi. Turkmaniston nomidan Majlis raisi Akja Nurberdiyeva ishtirok etadi.

Яндекс.Метрика