У нас есть только
оригинальные песни

Shavkat Mirziyoyev Qarshida militsionerning xonadonida mehmon bo‘ldi

calendar 26.02.2017
3096

Qarshi shahridagi “Gulshan” mahalla fuqarolar yig‘ini binosi yonida profilaktika inspektori oilasi bilan yashashi uchun turar-joy barpo etilgan. O‘zAning xabar berishicha, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu xonadonda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

“Bunday uylar profilaktika nozirlarining kechayu kunduz o‘z hududida bo‘lib, mahallada jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar osoyishtaligi va xavfsizligini ta’minlashida muhim ahamiyatga ega”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

“Shuning uchun Qarshi shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan barcha profilaktika inspektorlariga mana shunday uylar qurib berish zarur. Bu hududda jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi”, — deb yozgan O‘zA.

Яндекс.Метрика