loading...

 

Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, xalqning hayot darajasi va sifatini yanada oshirishga qaratilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan uchrashish va muloqot qilish maqsadida 20-yanvar kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev 2016-yil 10-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Shumanay tumanida bo‘lib o‘tgan saylovoldi uchrashuvida: “Men nafaqat o‘zbek xalqining, balki qoraqalpoq xalqining ham farzandiman!”, deb ta’kidlagan edi. Shu bilan birga, ushbu mintaqada yashayotgan aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan keng ko‘lamli ishlar haqida to‘xtalib, jumladan: “Bundan buyon har bir tuman va shaharga, kerak bo‘lsa, chekka-chekka qishloq va ovullargacha kirib boramiz. U yerda istiqomat qilayotgan odamlarning dardini eshitamiz, muammolarini hal qilishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqamiz va ijrosini qat’iy nazoratga olamiz”, degan edi.

Davlat rahbari tashrif davomida oddiy odamlar bilan uchrashdi, oilalarga kirib, ularning turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Xalq bilan samimiy muloqotlar bo‘lib o‘tdi. Shavkat Mirziyoyev Xo‘jayli tumani markaziy shifoxonasiga, “Muruvvat” ayollar internatiga tashrif buyurdi, tumandagi 69-maktab o‘qituvchilari bilan suhbatlashdi.

Shavkat Mirziyoyev Agrosanoat markazi qurilayotgan uchastkaga ham tashrif buyurdi. 2017-2018-yillarda ishga tushirilishi mo‘ljallanayotgan ushbu majmua 11 gektar maydonni egallaydi. Bu yerda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash, qayta ishlash, qadoqlash binolari, shuningdek, terminal, yuk tushirish va ortish maydoni, muzxonalar, issiqxonalar, bojxona, angar, mehmonxona, ovqatlanish muassasasi, sport majmuasi kabi inshootlar barpo etiladi.

Shu yerning o‘zida Xo‘jaylida turar-joy infratuzilmasini rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Davlat rahbari odamlar boshlangan o‘zgarishlarni o‘z hayotida his qilishi uchun joriy yil yakunigacha 40 ko‘p qavatli turar-joy binosi barpo etish va foydalanishga topshirish to‘g‘risida ko‘rsatma berdi.

Shavkat Mirziyoyev “Qoraqalpog‘iston” qishloq vrachlik punktida ham bo‘ldi. Shifokorlar bilan suhbat asnosida aholining davlat idoralariga ishonchini mustahkamlashda tibbiyot muassasalari xodimlarining faoliyati alohida o‘rin tutishi ta’kidlandi. Qishloq vrachlik punktlarini zamonaviy tibbiy jihozlar bilan bir qatorda dori-darmon va boshqa zarur ashyolar bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Prezident Shumanay tumani Jumaboy Bozorov nomidagi bolalar musiqa va san’at maktabiga tashrif buyurdi. 211 o‘quvchi ta’lim olayotgan bu dargohda milliy musiqa asboblari, fortepyano, xoreografiya, tasviriy san’at kabi o‘ndan ziyod yo‘nalishda dars o‘tiladi. Muassasa ochilganiga atigi bir necha yil bo‘lganiga qaramay, uning o‘quvchilari qator tanlovlarda, xususan, 2-marta mamlakat miqyosida o‘tkazilgan ko‘rikda birinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘ldi.

Shavkat Mirziyoyev “Agroservis MTP” mas’uliyati cheklangan jamiyatining Qanliko‘l tumani filialida ham bo‘lib, bahorgi dala ishlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish haqida fikrlashdi. Tumanda paxta maydonini bosqichma-bosqich qisqartirib, chorvachilikni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Qanliko‘l pedagogika kollejida bo‘lgan muloqotda Prezident kollej mutaxassisliklarini zamon talabiga mos ravishda o‘zgartirish, tuman iqtisodiy-ijtimoiy hayoti uchun zarur kadrlar tayyorlash kerakligini ta’kidladi. Ilmiy, badiiy adabiyotlarni qoraqalpoq tiliga o‘girish, chop etish va ta’lim maskanlariga yetkazib berish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Davlat rahbari Qo‘ng‘irot – Mo‘ynoq ichimlik suvi tarmog‘i qurilishi boshlanishi bilan tanishdi. 101 kilometrlik ushbu suv tarmog‘i ishga tushirilgach, bir kecha-kunduzda 7 ming kub metr suv uzatish va 25 mingdan ziyod aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash imkoniyati yaratiladi.

Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi faollari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Qoraqalpog‘istonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoitlari yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi davom etmoqda.


Комментарии (0) | Добавить: 21.01.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

“Lukoyl” Rossiyadagi ayrim AYoQShlarini yopmoqda, Toshkentdagilarning taqdiri hozircha noma'lum
Google Chrome uchun eng foydali kengaytmalar
O‘zbekistonda birinchi marta Rossiya kinosi haftaligi o‘tkaziladi
Aktrisa Nargiza Salmonovani deb uning muxlislaridan biri xotini bilan ajrashdi
MTS O'zbekistondagi sho'`ba korxonasini 1 dollarga sotdi
Yadro quroli butunlay taqiqlanadimi?
Endilikda bankda hisobvaraq ochish uchun ta`sis hujjatlari talab etilmaydi
Dubayda hukumat idoralari ishiga sun`iy idrok joriy etiladi
Dushanbeda O'zbekiston mahsulotlari namoyish etiladi
Prezident Navoiy issiqlik elektr stansiyasini kengaytirish loyihasi bilan tanishdi
Samvel Babayan terma jamoaga yana bir yangi futbolchini taklif qildi
Qarishga qarshi preparat muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazildi
Oddiy va mazali ichimlik bo'g'inlaringizga yangi hayot bag'ishlaydi
Erkaklardagi ortiqcha vaznning yashirin sabablari
Maktablarda o'quv yili uzaydi, ta`tillar muddatlari o'zgardi
O‘zbekiston GM Uzbekistan avtomobillari narxlarini oshirmaydi
Shohrux reperning o‘n yillik tanaffusdan keyingi ilk konsertidan fotoreportaj
Ekspertlar Xitoyning C919 birinchi yo‘lovchi samolyoti parvozga tayyorligini tasdiqladi
Shavkat Mirziyoyev yangi Chevrolet Malibu avtomobilida shahar aylandi
Londonda navbatdagi fojia: haydovchi odamlarni bosib ketdi
Kamchatkadagi vulqon 200 yildan keyin uyg'ondi
Prezident Virtual qabulxonasi pullik bo'lgani haqidagi mish-mishlar rad etildi
Yo'ldagi qoidabuzarliklar uchun jarimalarni uydan to'lash imkoni paydo bo'ldi
Tarixda birinchi marta yengil avtomobil Antarktidani kesib o'tdi
Tramp ma’muriyati Keystone neft quvuri qurilishini ma’qulladi
Apple kompaniyasi iPhone va iPad’ni noutbukka aylantiradi
Quruq mevalar — foydami yoki zarar?
4 yoshli bola Siri dasturi yordamida onasining hayotini saqlab qoldi
Zamonaviy qullikning alomatlari
Shavkat Mirziyoyev “Nazarboyev universiteti”ga tashrif buyurdi